So’nggi yangiliklar

12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  0 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  12 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1

Bizni, "CA"ni kuzatishyapti... Yangiliklar

Bizni, "CA"ni kuzatishyapti...

Kecha Baxtiyor Ashurmatovning o'yindan keyingi intervyusini o'qib ochig'i xursand bo'ldim, demak bizning saytimizni kuzatishadi va o'qishadi.
Ko'pgina holatlarda boshqa klub vakillari ham qo'ng'iroq qilib turadilar. Futbol maydonda qolib ketadi, undan keyin barchamiz ahil va inoq bo'lishimiz kerak. Ammo buni hamma ham tushunmaydi. Masalan, Ashurmatov bilan ko'p bora muloqotda bo'lamiz va hech qachon etirozini bildirmaydi. Tohir Kapadzening ham shu odati yaxshi. Bazan bilib-bilmay qilgan tanqidingizga kulib izoh beradi. Aslida ham shunday bo'lishi kerak, chunki har birimizning qilayotgan ishimiz bir maqsadga yo'naltirilgan, u ham bo'lsa futbolni rivojlantirish.

O'zi saytda "Navbahor" haqida ikkita maqola chiqqan edi. U ham bo'lsa "Navbahor"ni shonli tarixini qaytarish yo'lida, ko'ra bila turib yordam qo'lini cho'zmayotganlarni uyg'otish maqsadida. Murabbiy va futbolchi ming kuchli bo'lmasin, atrofdagilar beetibor bo'lsa, muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Keyin klub va OAV o'rtasida shunday tortishuvlarga, sog'lom (!) boy so'z o'yinlari bo'lsa futbol yanada qiziqarli ko'rinish oladi. Bizda esa o'zbekchilik, gapirsam u xafa bo'ladi, bu xafa bo'ladi deyishadi. Agar rosmana tortishuv bo'lsa, futboldan tashqaridagi hayotga ham tasir qilib ketadi. Bunisi esa noto'g'ri. Futbol ichida yurgan ko'plab kishilar suhbatlashish tugul, hatto qo'l berib ko'rishmaydilar. Agar yonidan chiqib qolsa, nomigagina ko'rishib qo'yishadi. Ahillik yo'q bo'lganidan keyin qanday rivojlansin futbolimiz?

Bugun O'FFda katta yig'ilish bo'lib o'tdi. Afsuski, unda qatnasha olmadik. Ammo qatnashganlar aytib berishdi. Mirabror Usmonov klublarni jiddiy tanqid ostiga olgan. Futbolimizni botqoqlikka botirayotganlarni juda ham yaxshi bilishi, agar o'zlarini o'nglab olmasa, ularga nisbatan jiddiy choralar ko'rishini aytib o'tgan.

Endi mavzuga qaytsam. Bizning bir qiziq odatimiz bor. Odatda birovni tanqid qilsangiz sizdan yomon odam yo'q. Bunday maqolalarni printerda chiqarib darxol eltib berishadi. Ammo orada maqtaydigan maqolalar ham bo'ladi, ammo o'sha etkazuvchilar unga parvo ham qilmaydilar. Meni kuldiradigan holatlar ham uchrab turadi. Nima deysizmi, aniqrog'i kimlar, futbolchi va murabbiyni qizg'anadiganlar bor.

Yaqinda eng yaxshilarga ovoz berar ekanmiz, hech kimning xayoliga ham kelmagan birinchi liga ishtirokchilariga ovoz berib chiqdik. Akmal Rustamovning ham birinchi o'rinni olishida bizning hissamiz katta bo'ldi. Saytning barcha xodimlari Akmal Rustamovga ovoz berdi va u birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Demoqchi bo'lganimiz, biz rosmanasiga o'zbek futbolining o'sishini istaymiz. Nima muammo yoki bahs munozara bo'lsa o'yin paytida qolsin, tashqarida hammamiz ahil va inoq bo'laylik.

Biz haqimizda gapirishyapti, demak bizni kuzatishadi. Demak, o'quvchilarimiz odobli "komentlar"ni yozishlari kerak, demak, sizlarni o'qishyapti, demak ahil bo'lamiz!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика