So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  8 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Biz unutib qo'yayotgan sevimli hujumchilar Yangiliklar

Biz unutib qo'yayotgan sevimli hujumchilar

Gol - hammasi emas.

Hujumchilar gollar urishadi. SHunchaki biz ularning asosiy vazifasi deb shuni bilamiz. Biroq shunday hujumchilar borki, ular har doim ham gol urmasdan afsonaga aylanishgan.

Hozirgi futbolda jamoalar 2 asosiy hujumchi bilan o'ynamayapti. Hatto 4-4-2 formaciyasida ham duetdagi bir futbolchi soyada bo'lgan va maksimum 15 gol urib, asosan assistentlik qayd etgan. Mana shunday top-forvardlarni bir yodga olaylik.

Emil Xeski

Xeski terma jamoadagi 62 o'yinida atigi 7 gol urgan, biroq Maykl Ouen u bilan hamkorlikda o'ynashni yaxshi ko'rardi.

Ular termada birgalikda 25 o'yinda qatnashishgan va o'sha vaqt davomida Ouen 13 bora gol urgan. Aytgancha, ushbu duet 2000-2002 yillar davomida "Liverpul" tarkibida 88 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan. Xeskining eng yaxshi natijasi esa 2000/01 yilgi mavsumda qayd etilgan - 14 gol.

Xeskining di-jeylarga o'xshash gol nishonlash uslubi bor edi. Bu ko'p narsalardan dalolat beradi.

Nvankvo Kanu

Agarda "Arsenal" tarkibidagi joker Nvankvo Kanuga ko'proq imkoniyat berilganida gollarni qalashtirib tashlagan bo'lardi. Uning eng yaxshi natijasi 2000/01 yilgi mavsumda qayd etilgan - 12 gol.

Lekin uning bu natijasi uyatli emas. O'sha paytlarda tarkibda Terri Anri va Dennis Bergkamp bor edi.

"Portsmut" muxlislari Kanudan doimo minnatdor. U 2008 yili Xarri Rednappga Angliya Kubogini yutishda ajoyib tarzda yordam bergandi.

Piter Krauch

"Uch sher"lar libosida Krauch yaxshi o'ynagan, ammo APLda u bir mavsumda eng ko'pi 12 gol urgandi.

Muxlislar undan hech ham hafa bo'lishmasdi: bo'ydor va professional Krauch doimo raqiblari darvozasi yonida asosiy bosh og'riq bo'lib turaverardi.

Eydur Gudonsen

2001/02 yilgi mavsumda u "CHelsi" tarkibida 15 gol urgan - natija yomon emas, biroq yuqori ham emas. Etiborlisi shundaki, maydonda u narxi o'zidan baland hisoblangan Xasselbaynk, Mutu, Krespo, Kejman kabi futbolchilarga gol urishda doimo yordam berib yurardi.

Islandiyalik futbolchi Xasselbaynk bilan "muz va olov" laqabini olgandi. Ushbu juftlik maydondan tashqarida ham mashhur bo'lgan. Ularning turishlari uchun kazino doimo 400 ming funt to'lab borgan.

"Biz bir-birimizni unchalik yaxshi bilmaymiz. U doimo eng yaxshi poziciyani tanlaydi va ajoyib ijrochi. Ishonamanki, ushbu mavsum biz uchun quvnoq o'tadi", - degandi islandiyalik haqida Ronaldino.

Kevin Devis

Sem Ellardays tarixida o'zi tuzgan eng kuchli "Bolton" bor: jamoani Jey-Jey Okocha, Yuriy Jorkaeff va albatta Kevin Devissiz tasavvur qilib bo'lmasdi.

2010 yilda qahramonimiz Angliya terma jamoasi libosini kiydi va Nemanya Vidichga raqib ham bo'ldi: "Qachonki Vidich kabi raqibing bo'lsa, vazifang og'irlashadi: uning darajasidagi himoyachilar oyog'ingni sindiradigan darajada podkat tashlab, qo'lingni siqib ko'tarib ham qo'ymaydi, bir necha bora haqoratlar eshitib olasan. Nima qilamiz - futbol kontaktlarga boy o'yin. Hozirgi paytda esa futbolchilar ham anchagina mayin o'ynamoqda".

Alan Smit

Ko'pchilik muxlislar "Enfild"dagi jarohat futbolchining faoliyatiga katta tasir o'tkazganini aytishadi, umuman olganda bu voqea uning poziciyasiga tasir qildi. Aynan ser Aleks futbolchining hujumchi emas, balki yarim himoyachi bo'lishini istadi va haq bo'lib chiqdi.

U ECHL doirasida "Roma"ga qarshi o'tgan o'sha 7:1 hisobidagi o'yinda ham qatnashdi va keyinchalik "Lids" va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi sifatida u "Uembli"da Angliya termasi libosida ham maydonga tushdi.

APLda faqatgina bir marta mavsumda 9tadan oshiq gol urgan. Biroq doimo muxlislarning yoqimtoyi bo'lib qolgan.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика