So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  7 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

Biz sevgan “Milan” azolari murabbiy rolida Yangiliklar

Biz sevgan “Milan” azolari murabbiy rolida

Teglar :  Milan
Yangi asrning dastlabki yillarida millionlab muxlislar Italiyaning “Milan” jamoasi o'yiniga maftun bo'lganlari bor gap.

O'sha vaqtlardagi A Seriyasi bahslari ham tomoshabopligi bilan ajralib turardi. Dida, Alessandro Nesta, Paolo Maldini, Kafu, Yap Stam, Jennaro Gattuzo, Pirlo, Kaka, Filippo Inzagi, Andrey SHevchenko... Bu ro'yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. 

2005 yil CHempionlar Ligasi finalidagi dramatik o'yinchi? Axir, uni hamon barchamiz boshqacha bir hayrat bilan yodga olmaymizmi?

Tan oling, o'shanda siz boshqa jamoa muxlisi bo'lsangiz ham, bu yigitlarning o'yiniga etiborsizlik bilan qaramagansiz.  

O'sha mashhur jamoa futbolchilaridan bir nechtasi bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.

Xo'sh, futbolchilikni qoyillatgan yigitlar, murabbiy rolida nimalarga qodir. Bugun shu haqida gaplashamiz.

Alessandro Nesta
Klub: “Mayami”
Bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan yillari: 2015-2017


Nestaning qalbi bir umr “Milan” va “Lacio” jamoalarida bo'ldi. Baxtiga, o'yinchilik faoliyatiga nuqta qo'yganidan so'ng, ikki klubdan birini tanlashiga to'g'ri kelmadi. Alessandro Italiya tashqarisida o'ynadi: avvaliga AQSH chempionati, keyinchalik esa Hindistonda. Maydonga tushishdan to'xtaganidan so'ng, yana shtatga qaytdi. U erda Nesta “Mayami” jamoasi ustidan nazoratni o'z qo'liga oldi. Qiziq, bu klubning ikkinchi boshlig'i “Milan”ning sobiq o'yinchisi Paolo Maldini edi. Nesta “Mayami”da bir necha yilgina faoliyat yuritganiga qaramay, shu vaqt ichida klub NASL yarim finalida pley-offda qatnashishiga muvaffaq bo'ldi. Aytishlariga qaraganda, murabbiy klubga Franchesko Tottini ham olib kelishni o'ylab qo'ygan. Ammo, bu ish amalga oshmay, o'zi klubni tark etdi. “Mayami” u bilan etakchi jamoalardan biriga aylangan edi.


Yap Stam
Klub: “Reding”
Bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan yillari: 2016 – va hozirda


Birinchi qadamdanoq o'zini “tegirmonga tashlagan” bu Yap Stam. Boshqa tomondan, u bosh murabbiy maqomiga asta-sekinlik bilan erishdi. Avvaliga Gollandiyaning “Zvolle” jamoasida assistent, keyinroq “Ayaks” murabbiylar shtabida ishladi. “Milan” va “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi bir necha yildan so'ng, futbol klubi boshqaruvini to'liq nazoratni qo'lga olish qaroriga keldi. 

Juda uzoq tayyorgarlik. Masalan, Leonid Viktorovich allaqachon bundan xabardor. Lekin Stam “Reding”dagi birinchi mavsumidayoq Premer ligaga chiqishga harakat qilgan. Afsuski, klub uchinchi o'rinni egallagan. CHempionship shunday turnirki, unda hamma narsa birdaniga o'zgarib ketishi mumkin. “Reding” hozirda 18-o'rinda va bu mavsumda oliy ligaga chiqolmasligi haqiqatga yaqinroq. Lekin Stam hali hanuz o'z o'rnida.

Filippo Indzagi
Klublari: “Milan”, “Veneciya”
Bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan yillari: 2014-2015; 2016 — va hozirda.

Filippo “Milan”da o'zining so'nggi mavsumini o'tkazganidan so'ng, “yoshlar” klubini boshqardi. Biroq 2014 yilning yozidayoq Indzagi klubning bosh murabbiyi bo'ldi. Avvaliga katta ishtiyoq bilan boshlangan o'yin natijasida uning jamoasi “Lacio” ustidan g'alaba qozondi. G'alabalik zavqidan bahramand bo'layotgan kouch, matbuot anjumanlarida kulgili gaplar ayta boshladi. Ammo, hammasi ham bunchalik xursandchilik bilan davom etmadi, yani “Milan” mavsumni 10-o'rinni egallagan holda yakunladi. U keyingi jamoani juda ayanchli ahvolda qo'lga oldi. O'shanda “Veneciya” Italiya divizionining eng so'nggi pog'onasida edi. Uning klubga o'tishi, oldinroq Jay-Z bilan ishlagan advokat Jo Takopinining kelishi bilan bir vaqtda sodir bo'lgan. Qiziq, futbolga o'tish Takopinaga nima uchun kerak bo'lib qoldi ekan?! Ammo, u bilan klubning ishi yurishib ketdi. Hozirda Indzagi boshchiligidagi “Veneciya” jamoasi V Seriyasida va yanada yuksalishi uchun etarlicha imkoni ham bor.

Jennaro Gattuzo
Klub: “Son”, “Palermo”, “OFI”, “Piza”, “Milan”
Bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan yillari: 2014; 2013-2014; 2014-2015; 2015-2017; 2017 — va hozirda


Maydondagi vazifasidan qatiy nazar, Jennaro doimo bosh rollarda bo'lgan. Balki shu sababli ham, Gattuzo “Son” jamoasidagi faoliyatini yakunlagan yilning o'zidayoq murabbiy bo'lgandir?! Ammo 11ta o'yindan so'ng, bor yo'g'i 10 ochko to'plagan jamoa Gattuzoni lavozimidan chetlatdi. Keyin Italiyaga qaytdi, ammo bu erda ham yana omadsizlikka uchradi. V Seriyasidagi “Palermo” muvaffaqiyatsizlikka uchrab, bir necha oydan so'ng, uni lavozimidan bo'shatishdi. SHundan so'ng, u Greciyaning “OFI” jamoasi ustidan nazoratni olib, yana bir omadsiz davrni boshidan o'tkazdi. O'shanda Jennaro klubi ro'yxatning eng oxirgi pog'onasini egallagan edi.

Har qanday inson ham bunday omadsizliklardan keyin, o'z kelajagi haqida qattiq qayg'urgan bo'lar edi. Ammo, italiyalik keyingi safar ham, o'z yurtidagi bir jamoaga boshchilik qilishga qaror qildi. Biroq bu safar “Piza” bilan bir qator “yutuq”larga erishdi: jamoa uning qo'l ostida A Seriyaga chiqqan, keyin uni xaydab yuborishgan, qaytgan va qaytib B Seriyaga ravona bo'lgan. Qiziq, Gattuzo bilan bog'liq shuncha ishdan so'ng, qanday qilib unga butun boshli katta klubni ishonib topshirishdi ekan?! Ammo, shunday inson hozir “Milan”ni boshqarmoqda. Gattuzo yana bir bor bosh murabbiy bo'lish imkonini qo'lga kiritdi. Qiziq, bu safar endi o'z ishini eplay olarmikan?!

Andrey SHevchenko
Jamoasi: Ukraina terma jamoasi  
Bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan yillari: 2016 — va hozirda

Andrey SHevchenko o'z uyida o'tgan Evropa-2012 CHempionatidan so'ng, Ukraina termasidagi ishtiroki va umuman futbolchilik faoliyatiga ham nuqta qo'ydi. Faoliyatini tugatgach, SHevchenko ancha vaqtgacha futboldan uzoqlashib ketdi. SHu vaqt ichida, nima qilish kerakligi haqida o'yladimi yoki shunchaki hayotdan zavqlandimi, xullas 2016 yildagina futbolga qaytdi. O'shanda u Ukraina termasi murabbiylik shtabiga bordi va Mixail Fomenko assistenti bo'ldi. Ular birgalikda Evro-2016ga chiqishdi, ammo bu ukrainaliklarning mag'lubiyati bilan yakunlandi: u turnirdagi eng yomon jamoalardan biri bo'ldi va Fomenko istefoga chiqdi. Klub yangi murabbiyi esa “Milan”ning sobiq o'yinchisi bo'ldi. Jahon chempionatining saralash bosqichida Ukraina mundialga chiqolmadi. U Islandiya va Xorvatiyadan keyingi uchinchi o'rinni egalladi. SHunga qaramay, SHevchenko o'z lavozimidan chetlatilmadi va hali hanuz ularga boshchilik qilmoqda.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика