So’nggi yangiliklar

07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  0 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  1 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  28 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   39 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  53 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  229 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12

Bitta gazeta yirtilishi bahonasida keyinchalik parokanda bo'lgan “Neftchi“... Yangiliklar

Bitta gazeta yirtilishi bahonasida keyinchalik parokanda bo'lgan “Neftchi“...

2013 yilning 8-turida “Neftchi“ o'z maydonida “Guliston“ ustidan g'alaba qozonadi.

Omadsizliklar iskanjasiga tushib qolgan farg'onaliklarni “Farg'ona haqiqati“ gazetasi tanqid qilib yurgan kezlar.

Ortiqcha ehtirosga berilgan futbolchilar qaerdandir gazetani olib, 4:1 natijasidan sarmast bo'lib, barchaning oldida yirtib tashlaydilar. Bu gazetaga qilingan “boykot“ edi. Bu o'sha paytda kimgadir aniq kerak bo'lgan. Aks holda futbolchilar qolib, klubni 30 yilga yaqin vaqt o'z farzandidek katta qilib kelgan Yuriy Sarkisyanni ishdan haydash bilan masalaga echim berilmasdi.



To'g'risi, bu masalani ko'pchilik hamon sir tutadi. Futbolchilardan o'sha yillari so'raganimizda gazetani yirtishda Yuriy Vazgenovichning hech qanday buyrug'i bo'lmagan. Karantindan keyin Farg'onaga tashrif buyurish rejasi yo'q emas. Eshitishim bo'yicha, aukcionga qo'yilgan Qirgulidagi baza to'liq remontga yopilgan, sotilmaydigan bo'libdi. “Neftchi“ni yana qaytarish niyatida ekanliklari haqida ham gaplar yo'q emas. To'g'risini aytganda, viloyatlar o'rtasidagi chegara yopilishiga 2 kun qolganda Farg'onaga yo'lga chiqayotgandim. Lekin hozir vaziyatni o'zingiz bilasiz qanday, uyda o'tirishimiz kerak.


Keling, avval “Neftchi“ — “Guliston“ o'yiniga to'xtalamiz. O'yin qaydnomasi yakunda quyidagicha ko'rinish olgan.

“NEFTCHI“ — “GULISTON“ — 4:1 (3:1)
11.05.2013. 8-tur. Farg'ona. “Farg'ona“ Stadioni. 5868 tomoshabin.
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov.
Gollar:
1:0 — Ermatov Dilyorbek, 21
2:0 — Berdiev Anvar, 33
3:0 — Berdiev Anvar, 38
3:1 — Otaqo'ziev Nosir, 39
4:1 — Akramov Iqbol , 90+2

Muxlislarni tushunsa bo'ladi, ular ishqiboz. Bir yonib bir o'chadi. 7-tur yakunlariga ko'ra “Neftchi“ o'z tarixidagi eng yomon natijani qayd etib turgan edi. 14 jamoa ichida 12-o'rin. 5ta o'yinda mag'lubiyatga uchrab ulgurgan, bor yo'g'i bittadan durang va g'alaba. Aslida Sarkisyanning ketishi deyarli hech nimani o'zgartirmagan. Yakuniy jadvalda 9-o'rinni qo'lga kiritgan. O'sha yili hatto “Paxtakor“ 4-o'rinni olgan. “Bunyodkor“, “Lokomotiv“ va “Nasaf“, AGMK moliyaviy jihatdan ancha baquvvat bo'lganlar. Aslini olganda “Neftchi“ning inqiroziga birgina Sarkisyanni ayblab bo'lmaydi.


Ko'plab futbolchilar hozirgi Farg'ona futbol akademiyasidan chiqar edi. Avvallari internat maqomida bo'lgan bu koshonadan ko'plab “Neftchi“ yulduzlari chiqqan. O'zbekistonda 11 yillik maktab tizimi 9 yillikka aylantirilganidan keyin o'z-o'zidan “Neftchi“ning inkubatori bo'lgan futbol internati sifati tushib ketdi. Endi bu erda o'quvchilar 9-sinfgacha o'qib, o'zlari uchun boshqa kollej yoki licey tanlashi kerak bo'lardi.

2007 yildan keyin maktablar 9 yillik tizimga o'tib bo'ldi. Etibor qiling, internatdan sifatli futbolchilarning chiqishi aynan shu davrdan to'xtadi. 11 sinfgacha internatda o'qib turgan futbolchi 18 yoshida Sarkisyan tomonidan o'rinbosarlar safiga “tortilardi“ va u o'ynab ketgan. 16 yoshda esa bu ishni qila olmaysiz. Qandaydir "vunderkind" chiqib qolmasa doimiy bo'lmaydi bunaqasi. Bu narsalarni na muxlislar, na rahbariyat bilmadi. Natijaga aybdor Sarkisyan bo'ldi-qoldi. O'sha Vazgenovichni tanqid qilganlarning birontasi “Neftchi“ga akademiya qurib berish kerakligi haqida o'ylab ko'rmadi. Qanday qilib yosh futbolchilarni tarbiyalab bergan Sarkisyan birdaniga futbolchi etishtirmay qo'ydi, mana shu oddiy savolni hech kim bermadi. Vaholanki, har bir matbuot anjumanida (shaxsan o'zim ko'p eshitganman) Sarkisyan bu muammo haqida tinmay bong urardi. Sarkisyan davrida Farg'ona futbol internatiga faqatgina talanti bor o'quvchi kirardi. Imtihonlar tepasida “Neftchi“ murabbiylar shtabi o'tirardi. Mavsum oldidan esa butun Farg'ona bo'ylab o'rinbosarlar tarkibiga selekciya ishlari amalga oshirilardi. Hozir shunday qilinadimi?



Men bir narsani aytishim mumkin, o'sha davr uchun Sarkisyan “eskirayotgan“ edi, faqat murabbiy sifatida. Yuriy Sarkisyanni klub menejeri sifatida olib qolish va unga strukturani rivojlantirish vazifasi qo'yilishi kerak edi. U ham inson, uning ham “Neftchi“ga joni achirdi. SHu kungacha “Neftchi“ tomonidan erishilgan natijalarning barchasida uning hissasi katta edi. Uni yo'q qilish o'rniga, uning obro'sidan foydalanish kerak edi. Bizda esa doimgidek... Keyin nima bo'ldi? Sarkisyan hovlisigacha sotib ketdi Toshkentga.


Ko'p o'tmay “Neftchi“ quyi liganing doimiy azosiga aylandi. “Ara“ esa bu narsaga hech qachon yo'l qo'ymagan bo'lardi.

Karantin tugasin, Farg'onada ko'rishamiz!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика