So’nggi yangiliklar

14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  0 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   20 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  58 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1

Biroz kechikkan tabrik! Bugun vohalik Maestro 48 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Biroz kechikkan tabrik! Bugun vohalik Maestro 48 yoshga to'ldi!

Bugungi sanada o'z tavallud kunlarini nishonlayotgan futbol ahlini unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun Qashqadaryo futboli, xususan "Nasaf" professional klubiga sadoqatli ham futbolchi, ham murabbiy, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Ro'ziqul Berdiev 48 yoshga to'ldi.

Biroz kechikib bo'lsa-da, Ro'ziqul Sadullaevichni bugungi unutilmas sana munosabati bilan saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari, u kishini tanigan, bilgan barcha insonlar hamda "Nasaf" klubi muxlislari nomidan muborakbod etamiz.

Ro'ziqul Berdiev 1997 yildan beri "Nasaf" bilan birga. 2008 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylar shtabiga qo'shildi. "Nasaf" safida 314 ta o'yinda maydonga tushgan futbolchi uzoq yillar jamoaga sardorlik ham qilgan.


Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" klubi bosh murabbiyi sifatida chempionatimizda 4 ta bronza va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Bir martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi. To'rt marta O'zbekiston Kubogi finalchisi bo'ldi. Uch marta O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida 5 bor Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdievdan iqror va iqtibos

- To'g'risini aytaman, murabbiy sifatida o'zimga ko'pincha tanqidiy munosabatda bo'laman. Kamchiliklarimni bilsam, buni juda qattiq qabul qilaman. Meni birinchi tanqidchim - o'zim. Futbolda, murabbiyda kamchilik bo'ladi. Qachonki siz o'zizni tanqid qilmasangiz, kamchiliklaringizni bilmasangiz, unda o'sishdan to'xtab qolasiz. Ideal murabbiy bo'lmaydi. Barchani kamchiligi bo'ladi. Muhimi, inson o'sha kamchiligi haqida bilishi, buni to'g'rilash o'stida ishlashi lozim.

Agarda men o'zimni ideal murabbiy deb bilsam, kamchiliklarim yo'q deb o'ylasam, unda futboldan ketishim kerak. Men hali futbolda kimman? Hali o'rganadigan, uzlashtiradigan jihatlarim juda ko'p. Murabbiy, umuman inson doimo izlanishda bo'lishi kerak.

Men bilgan narsa balki jamoamiz yoki O'zbekiston chempionati darajasida bo'lishi mumkin. SHunisi aniqki, men bilmagan narsalar juda ko'p futbolda. Bu borada esa izlanish, mehnat qilish kerak. 


Azizjon Nurov, "Qizilqum" matbuot kotibi

"Ro'ziqul Sadullaevichni ustozim, akamdek bilaman. O'z vaqtida "Nasaf" klubida bir necha yil birga ishlaganmiz. Bu inson haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. O'ta samimiy, oilaparvar, birovning ko'ngliga tegadigan gaplarni aytmaydigan, bir so'z bilan aytganda Hazrati Inson! Oilamiz azolari va o'z nomimdan Ro'ziqul akani bugungi tavallud kunlari bilan muborakbod etaman. Farzandlari rohatini ko'rsinlar, "Nasaf"ni yangi g'alabalar sari etaklasinlar! Yosh istedodlarni tarbiyalash, kashf qilishdan charchmasinlar!". 

O'z o'rnida biz ham fursatdan foydalanib, yana bir bor Ro'ziqul aka Berdievni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ro'ziqul Sadullaevichga sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Oila azolari hamda barcha futbol muxlislari baxtiga doimo bor bo'ling deb qolamiz.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика