So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  1 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  4 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

"Birinchi o'rinni saqlab qolishga intilamiz, bugungi o'yindan oldin tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor edi, "Navbahor"dan ustunlik qildik". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Birinchi o'rinni saqlab qolishga intilamiz, bugungi o'yindan oldin tarkibimizda jiddiy yo'qotish bor edi, "Navbahor"dan ustunlik qildik". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani

Coca Cola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"3 oylik tanaffusdan keyin ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o'yin ko'rsatdi. "Navbahor" barcha o'yinlarda qarshi hujumlarda o'ynayotgan edi. Buni kutgandik. SHunga qaramay qaerdadir etiborni yo'qotdik, ikkita qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. Jamoam oxirigacha kurashdi. Raqibdan jismoniy tomonlama ustunlik qildik. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib yomon o'ynamadik.

Albatta musobaqa jadvalida birinchi o'rinda turish doim yoqimli. Bu o'rinni saqlab qolishga harakat qilamiz.

O'zgarishlar o'zini oqladi deb o'ylayman. Murod Xo'jamberdiev va Husayin Norchaev debyut qilishdi. Kichik jarohati bor bo'lsa-da Xaris Dilaverni tavakkal qilib hujumkorlikni kuchaytirish uchun maydonga tushirdik. Xaris asosan o'z mamlakatida to'p tepgan, Marko Stanoevich esa ko'plab chet el klublarida o'ynagani uchun bizning jamoaga tezda moslashib ketdi.

Muxlislar ushbu bahsni markaziy deb hisoblashgandi, menimcha TV orqali tomosha qilgan muxlislar xursand bo'lishdi.

Dilshod Saitov jarohat olgan va davolanmoqda. Bu biz uchun katta yo'qotish.

"Navbahor" jamoasidan biz kutmagan variantlarni ko'rmadik. Tarkibi ham, o'ynash uslubi ham bir xil. Himoyada yaxshi himoyalanishdi.

Bizning rejamiz har bir o'yinda maydonga tushib, g'alaba qozonish. Bugun qanotlardan ko'proq urg'u berishga urindik. Muhitdinov va Mannonovni o'ynatdik, ularda vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik.

Karantin keyingi turlarga tasir qiladi albatta. Jamoalarda jarohat olganlar ko'paymoqda. Bundan tashqari kutilmagan natijalar ham qayd etilmoqda.

Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Stadionga muxlislar kelsa o'yin saviyasi va darajasi boshqacha bo'ladi. Hozir og'ir davrni boshdan kechirayapmiz, sabr qilish kerak", - deydi Ro'ziqul Berdiev.



Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика