Birinchi liganing 5 ta jamoasida umumiy ish faoliyati o'rganildi
01 okt 2023 09:13
Yangiliklar
Birinchi liganing 5 ta jamoasida umumiy ish faoliyati o'rganildi
SHu asosda jamoalar «Birinchi liga reglamenti»ning 6-bobida qayd etilgan Birinchilik kubogiga qo'yilishi ko'zda tutilgan. Biroq reglamentning 5-bobi asosida o'tkazilgan musobaqa yakuniga etguniga qadar Yangiyo'l hamda Nurafshon jamoalari qatnashchilar safidan chiqishga ulgurdi. SHuningdek, moliyaviy-xo'jalik faoliyatini belgilangan tartibda yuritmayotgan Birinchi liga jamoalari mavjud ekani yuzasidan Ligada malumotlar to'plangan.
SHundan kelib chiqib, taqvim bo'yicha 7-8 oktyabr kunlari start olishi lozim bo'lgan Birinchilik kubogi musobaqasining sanasi, musobaqa ishtirokchilari tarkibi va o'z-o'zidan uning formatida o'zgarishlar bo'lishi katta ehtimol. Liga Birinchi liganing barcha jamoalarini monitoringdan o'tkazgach, uning xulosalarini O'FA bilan muhokama qiladi hamda bu borada yakuniy qarorga keladi. SHu asosda o'zgarishlar yuzasidan batafsil malumot taqdim etiladi.
Liga mutaxassislari hozirga qadar Yangier, Jizzax, Zomin, SHahrixonchi, Cementchi, Qumqo'rg'on-1977 kabi jamoalar faoliyati bilan tanishib chiqdi. Endilikda Toshkent, Nukus hamda Angren jamoalarida o'rganish ishlari amalga oshiriladi hamda yakuniy xulosalar O'FA bilan muhokama qilinadi. Batafsil malumot alohida elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar