So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Birinchi liga. “Xorazm”ga omad etishmadi Yangiliklar

Birinchi liga. “Xorazm”ga omad etishmadi

Birinchi liga jamoalari o'rtasidagi joriy yilgi musobaqaning birinchi bosqich o'yinlari tugashiga ikki tur qoldi.
Navbatdagi bosqichga yo'l oladigan jamoalar nomi deyarli malum bo'ldi. SHu jihatdan, qolgan uchrashuvlarda “oltin” ochkolar uchun kurash qizishi turgan gap.   Aynan, “Xorazm” va “Nasaf-2” jamoalari o'rtasidagi bahs shular jumlasiga kiradi. Vaholanki, ushbu ikkala jamoa ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurishgandi.
  
Bellashuv urganchlik futbolchilarning hujumi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqadayoq, Temur Bekchanov mehmonlar darvozaboni Muzaffar SHaripovning sergakligini sinab ko'rdi. 17-daqiqada esa Mirza Quryozov himoyachilar xatosi tufayli to'p kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq, uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. SHu o'rinda aytish joizki, mezbonlar  malum vaqt mobaynida maydondagi ustunlikni ushlab turishdi. Bo'lim o'rtalariga kelib, qarshilik futbolchilar G'ayrat O'daev qo'riqlayotgan darvoza oldida bir necha xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Jumladan, 30-daqiqada Xudoyberdi Holiqovning boshi bilan amalga oshirgan zarbasi muxlislarni biroz hayojonlantirgan bo'lsa, oradan uch daqiqa o'tib, Aziz Malikovning tepgan to'pini G'. O'daev mahorat bilan bartaraf etdi. SHundan so'ng, urganchlik futbolchilar ustunlikni yana o'z qo'llariga olishdi. Uchrashuvning birinchi qismi tugashiga to'rt daqiqa qolganida T. Bekchanov qulay vaziyatni yuzaga keltirdi. Bu erda M. SHaripov to'p yo'liga g'ov bo'ldi. So'nggi soniyalarda esa Sarvar Jumaniyozovning uzoq masofadan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi.
  
Mubolag'a emas, o'yinning ikkinchi bo'limi “Xorazm” jamoasining to'la ustunligida kechdi. Ochig'i, mezbonlar bo'lim boshidan qarshi hujumni avjiga chiqarishdi. Temur Bekchanov, Mirza Quryozov, Nizomjon Norovlarning mehmonlar darvozasi tomon amalga oshirgan zarbalari xavfli ko'rinish oldi. Qolaversa, 77-daqiqada N. Norov tomonidan raqiblari darvozasiga yo'llangan to'p, o'yindan tashqari holatda kiritilgan, deb baholandi.  Aksiga olib, mehmonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Sirojiddin Ettiboev 82-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Ilyos Xayrov muvozanatni qayta tikladi. Yana bir vaziyatda S. Jumaniyozovning o'ta xavfli zarbasini darvozabon qaytardi. Umuman, olganda shu kuni mezbonlardan omad yuz o'girgani bor gap. Vaholanki, ular qator vaziyatlarda to'p kiritish imkoniyatiga ega bo'lishgandi. SHu tariqa bellashuv durang hisobida yakun topdi.

“G'arb” mintaqasi. 16- tur. 3 iyul(juma)

“Xorazm” (Urganch) – “Nasaf-2” (Qarshi) – 1:1 (0:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 1027 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Toshmuhamedov (Toshkent viloyati) – 8,0,  T. Suyunov (Guliston) – 7,7,  SH. Yo'ldoshev (Guliston) – 7,7,  A. Alimov (Urganch).
Gol: I. Xayrov (84) – S. Ettiboev(82).
Ogohlantirishlar: G'. O'daev (84) – N. Izzatullaev (58), X. Xoliqov (68), A. Malikov (74), M. SHaripov (87), G'. G'aybullaev (86).
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
“Xorazm”: G'ayrat O'daev, SHahzod Mannonov,  Jasur Otajonov, Temur Ismoilov, Marks Quronboev (Jamoliddin Masharipov,75), Nizomjon Norov (Javlonbek Egamov,82), Temur Bekchanov, Sarvar Jumaniyozov, Mirza Quryozov,  Ilyos Xayrov, Abror Husinov.
“Nasaf-2”: Muzaffar SHaripov, Navro'z Izzatullaev, Iskandar Qurbonov, G'olib G'aybullaev, Najmiddin Normurodov, Davronbek To'raev, Aziz Malikov, Mirzamurod Jo'raboev (Samandar SHukurullaev, 79), Dilmurod Jumaev (Ziynatillo Ikromjonov, 68), Diyor Karimov (Xudoyorxon Sadullaev, 89), Xudoyberdi Holiqov (Sirojiddin Ettiboev,69).

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика