So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  32 20:20"Арсенал" — "Лидс". Таркиблар маълум  1 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  45 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  4 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  39 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  1 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  2 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2

Birinchi liga, “SHarq”. Hakamlar qanday ball olmoqda? Yangiliklar

Birinchi liga, “SHarq”. Hakamlar qanday ball olmoqda?

Oliy va birinchi ligada hakamlarga qo'yilayotgan baholar qaydnomada ko'rsatilishni boshlaganidan buyon bunga ham etibor qaratgan xolda, turma-tur referilarni qanday ball olayotganini hukmingizga havola etib kelmoqdamiz.
Quyida birinchi liganing “sharq” mintaqasidan o'rin olgan 14-15-tur uchrashuvlarida ishlagan hakamlarning olgan baholarini ko'rib chiqamiz.

8-9 iyun kunlari 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Mazkur turdan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Oq-tepa” bahsi malum sabablarga ko'ra, boshqa muddatga qoldirilgani tufayli, 14-turda muxlislar 5ta o'yinga guvoh bo'ldi.

Ushbu turda eng yuqori ball olgan hakamlar ikkita bo'ldi. 8,4 ball bilan farg'onalik Rustam Tolibjonov bilan toshkentlik Olim To'ychiboev bu borada hammani ortda qoldirdi. “UzDongJu” – “NBU-Osiyo” qarama-qarshiligini boshqarib borgan Tolibjonovga nazoratchi Oleg Rubakov har xolda ijobiy ball qo'ydi desa bo'ladi.

Valentin SHashkov ham “Obod” – “Paxtakor-2” bahsida To'ychiboevni ishini yaxshi baholadi.

Aksincha 14-turda nisbatan eng past ball olgan hakam Ravshan Kopadze bo'ldi. “CHust-Paxtakor” – “Xotira-79” o'yinini boshqarib borgan hakamning ishini nazoratchi Baxtiyor Tog'aev 7,9 ballga baholadi. Ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 7 daqiqa vaqt qo'shib bergan Kopadze mezbonlarning noroziligiga duch kelganidan xabarimiz bor. CHunki “Xotira-79” jamoasi Namangan derbisida 90+2-daqiqada gol urib g'alabani ilib ketgan.   

14-TUR. TOLIBJONOV BILAN TO'YCHIBOEV ENG YUQORI BALL OLGAN HAKAMLAR

 UzDongJu – NBU-Osiyo – 2:1. 125 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,4, A. O'rinov (Farg'ona) – 8,4, U. Ortiqov (Farg'ona) – 8,4, B. Ro'zimatov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

CHust-Paxtakor – Xotira-79 – 0:1. 1314 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Kopadze (Farg'ona) – 7,9, F. Yo'ldoshev (Toshkent) – 8,0, A. SHukurullaev (Toshkent) – 8,0, M. Majidov - 7
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 3:2. 58 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent viloyati) – 8,0, D. Saylalov (Toshkent) – 8,4, M. Karimov (Toshkent) – 8,4, O. Abduvasilov - 8
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Istiqlol (Toshkent) – 1:1. 73 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Rahimov (Andijon) – 8,3 . SH. Fayziev (Jizzax) – 8,2, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,2, D. Dosanov - 9
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Obod (Toshkent) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:0. 177 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent) – 8,4, S. Eremeev (Toshkent) – 8,2, R. Lutfulin (Toshkent) – 8,2, R. Nugmanov - 8
Nazoratchi: V. SHashkov (Toshkent).


15-TUR. ENG YUQORI BALL SERAZETDINOV BILAN AGISHEVDA

15 iyun kuni esa “sharq” mintaqasining 15-tur o'yinlari o'tkazildi. Taqvimga ko'ra 6ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda ishlagan hakamlarning olgan baholariga etibor qaratadigan bo'lsak, birinchi liga toifasidagi hakamlar orasida biroz tajribali bo'lgan Viktor Serazetdinov bilan Vadim Agishev ushbu turda eng yuqori ball olgan referilar sifatida qayd etildi.

“Oq-tepa” – “Lokomotiv-BFK” (1:0) bahsini boshqarib borgan Agishevga nazoratchi Temur Do'stov 8,5 ball qo'ygan bo'lsa, “Istiqlol” – “UzDongJu” (1:2) uchrashuvida esa Baxtiyor Tog'aev bosh hakam Serazetdinovning ham ishini 8,5 ballga baholadi.

Ko'rib turganingizdek, 14-turda bo'lgani kabi ushbu turda ham eng yuqori ball olgan hakamlar ikkitadan bo'ldi.
Aksincha 15-turda nisbatan eng past ball olgan hakam Akmal Rahimov bo'ldi. Andijonlik referiga “Paxtakor-2” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida nazoratchi Oleg Rubakov 7,6 ball qo'ygan.  

NBU-Osiyo (Toshkent) – CHust-Paxtakor (CHust) – 3:3. 52 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent) – 8,0, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,4, X. Zulunov (Andijon) – 8,4, R. Lutfulin - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

Oq-tepa (Toshkent) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 1:0. 411 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent) – 8,5, SH. Qamarov (Samarqand) – 7,7, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, D. Saylalov - 9
Nazoratchi: T. Do'stov (Buxoro).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) – 1:4. 57 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon) – 7,6, E. Tursunov (Namangan) – 7,8, I. Nosirov (Namangan) – 8,4, F. Yormuhamedov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Istiqlol (Toshkent) – Uz-Dong-Ju (Andijon) – 1:2. 22 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,5, D. Hamidov (Qarshi) – 8.0, K. Rasulov (Qarshi) – 8,0, A. SHukurullaev - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Kosonsoy (Kosonsoy) – Bunyodkor-2 (Toshkent) – 1:0. 305 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 7,9, A. Sidorov (Toshkent) – 8,0, A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, R. Fozilov - 8.
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).

Xotira-79 (Uychi) – Obod (Toshkent) – 2:0. 2457 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Mo'minov (Toshkent viloyati) – 8,2, A. Marajabov (Andijon) – 8,5, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,2, M. Majidov - 9
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика