So’nggi yangiliklar

20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  14 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  32 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  3 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Birinchi liga. "Paxtakor-79" - "Yangier" uchrashuvi nega qoldirildi? Yangiliklar

Birinchi liga. "Paxtakor-79" - "Yangier" uchrashuvi nega qoldirildi?

Birinchi liga ilk turidan o'rin olgan “Paxtakor-79” - “Yangier” o'yini boshqa sanada bo'lib o'tadi va Liga uchrashuvning aniq sanasiga keyinroq oydinlik kiritadi.

Aslida mazkur uchrashuv kecha — 8-aprel kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq mezbon jamoaga bog'liq bo'lmagan ayrim muammolar sabab Liga komissari uchrashuvni boshlashga ruxsat bermadi. Gap shundaki, “Paxtakor-79” 2023-yildan boshlab o'zining uy uchrashuvlarini Angrenda o'tkazadi. SHundan kelib chiqib, Angren hokimligi shahardagi stadionni pardozlash yuzasidan qator ishlarni amalga oshirdi. Biroq stadionning xavfsizlik rejasini tegishli organlar bilan kelishish masalasi uchrashuv startiga qadar hal etilmadi. 

Yarim professional futbol jamoalari o'rtasida o'tadigan musobaqadagi mazkur holatning hokimlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog'liq tomonlari keyingi o'yinlarga qadar Liga tomonidan tartibga solinadi. Angren shahriga futbol qaytayotgani, “Paxtakor-79” jamoasi so'nggi oylar davomida barcha yo'nalishda to'g'ri ishlashga harakat qilayotgani, aynan Birinchi liga uchun maydon va uning atrofida katta ishlar amalga oshirilgani, shuningdek, “Yangier” futbol klubining O'FA qo'mitasi tomonidan qo'yilgan talabni 8-aprel sanasiga qadar bajara olmagani kabi faktorlar inobatga olinib, Liga ushbu uchrashuv uchun hech bir jamoaga texnik mag'lubiyat yozmaslikka qaror qildi. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy uchrashuvlarni tashkil etishda uning rasmiylari hamda muxlislar xavfsizligi masalasini birinchi o'ringa qo'yadi. SHundan kelib chiqib, bu kabi holatlar kelgusida tartibga solinadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика