So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Birinchi liga. "Norin" - "Dinamo" 0:0 Yangiliklar

Birinchi liga. "Norin" - "Dinamo" 0:0

Teglar :  DinamoNorin
Birinchi Liga 34-turi doirasidagi mavsumning eng muhim uchrashuvi Haqqulobodda kechdi.
Turnir jadvalida peshqadam Dinamoni taqib etayotgan Norin bilan kechgan uchrashuvda murosa yo'li tanlandi.

SHu kuni jarohati bois jamoa sardori Akmal Bozorov Dinamoga yordam bera olmagan bo'lsada, bir oylik tanaffusdan keyin Firdavs Abdusalimov jarohatini davolab, safga qaytdi.

Uchrashuv tengkurashlar ostida boshlanib, ikki tomon ham imkon bo'ldi deguncha xavli hujumlar yaratishdi. Ayniqsa, Dinamo hujumchilari Amirjon Safarov va Viktor Klishinlar golli vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.

Asabiy tarzda kechgan bahsning ikkinchi bo'limida zaxiradan Viktor Klishin o'rniga maydonga tushgan Asomiddin Mamatov hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning zarbasi noaniq chiqdi. Ko'p o'tmay esa, yosh hujumchi raqib bilan to'qnashuvdan keyin jiddiy jarohat olib, maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi.

Asabiy va keskin kurashlarga boy o'tgan bahsga bosh hakam andijonlik Temur To'xtasinov tomonidan 9 daqiqa qo'shib berilgan bo'lsada, shu kuni ikki jamoa darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi, 0:0.

24 o'yinlik g'alabali seriyadan so'ng, Dinamo jamoasi o'tgan turda Andijonda UzDongJu bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo'lsa, bu safar Namangan viloyatida Norin bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etdi.

34-turdan so'ng Dinamoning ochkolari soni 75 ni tashkil etib, Samarqand jamoasi eng yaqin taqibchisi Norindan bitta o'yin kam o'tkazgan va 6 ochko ko'p jamg'argan holda Oliy Ligaga muddatdan oldin qaytish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

Dinamo navbatdagi ikki o'yinni 2 va 5 noyabr kunlari Samarqandda Yozyovon-Lochinlari hamda Cementchiga qarshi o'tkazadi.

Jamoaning Kosonoy va Xotira-79 jamoalariga qarshi qoldirigan ikki uchrashuvi sanasi esa PFL tomonidan hozircha malum qilinmagan.

Birinchi Liga. 34-tur.

26 oktyabr (chorshanba)

NORIN - DINAMO - 0:0

Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon)

Nazoratchi: M. Ismailov (Tashkent).

Dinamo:
Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Aleksey Nikolaev, Firdavs Abdusalimov, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov, Omadjon Tayloqov, Komil SHarofutdinov (Islom SHaripov, 72), Viktor Klishin (Asomiddin Mamatov, 65, Alisher Xoliqov, 75), Amirjon Safarov.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика