So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

Birinchi liga. “Mashal-2”ning ijobiy ishtiroki haqida Yangiliklar

Birinchi liga. “Mashal-2”ning ijobiy ishtiroki haqida

Joriy mavsum birinchi ligadagi farm-klublardan o'zini ko'rsatayotgan jamoa deb “Mashal-2”ni ayta olamiz xolos.
Muborak jamoasi garchi akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'lsa-da, raqiblaridan ochko tortib olmoqda. Tabiiyki bunda murabbiylar shtabining o'rni katta. Dilshod Andaev yoshlar bilan ishlash hadisini olgan murabbiylardan ekanligini inkor eta olmaymiz.

Muborakdan etishib chiqayotgan bir qator charm to'p ustalari aynan Andaevning qo'li ostida futbolchilikni boshlashgan. Bu yil Dilshod Andaevga murabbiylar shtabida istedodli murabbiy Baxtiyor Sattorovning ko'maklashayotgani ham qaysidir manoda bosh murabbiyning ishini biroz engillashtirmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Futbolni chin dildan sevadigan Sattorov bilan shaxsan o'zimiz suhbatlashib, ijobiy taassurot tug'ilgandi. Bunday mutaxassislar bilan Muborak jamoasidan kelajakda yanada yaxshiroq natija kutsak bo'ladi.



“Mashal-2” jamoasi “g'arb” mintaqasida 5-o'rinni egallab, keyingi bosqich masalasini ijobiy hala eta oldi. Buni albatta ijobiy natija deb bildik.

Andaev boshqaruvidagi jamoa birinchi bosqichda jami 26ta to'p kiritdi. Jamoa safida to'purarlik qilgan futbolchi Asliddin Abdiev bo'ldi. Istedodli futbolchi o'z hisobiga 6ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Asliddin Abdiev

6

Humoyun Murtazoev

4

SHamsiddin Sadullaev

3

SHokir Yo'ldoshev

3

Bekzod Rahmonov

1

Jafar Ismoilov

1

Mirjalol Qosimov

1

Sirojiddin G'ulomov

1

Tursunmurod Hamdamov

1

SHoxjahon Abbosov

1

Eldor SHomurodov

1



Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

21

Gollar

23

Uyda

13 (56,52%)

Safarda

10 (43,48%)

O'tkazib yuborilgan gollar

30

Uyda

4 (13,33%)

Safarda

26 (86,67%)

O'rtacha urilgan gollar

1,1

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,43

Uydagi ochkolar

23/30 (76,67 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

7/33 (21,21 %)

Eng yirik g'alaba

5:1 - Spartak

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “SHo'rtan”, “Zomin”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

8 (38,1%)

Gol ura olmagan o'yinlar

9 (42,86%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/3

Ogohlantirish (o'rtacha)

43 (2,05)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

9 (0,43) - 4/5

Muxlislar (jami/o'rtacha)

20132/959


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика