Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi. 3-tur statistikasi
14 apr 2014 13:38
Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi. 3-tur statistikasi
Birinchi liganing ortda qolgan 3-turiga oid statistikani hukmingizga havola etishda davom etamiz. Bu safar “G'arb” mintaqasida kechgan uchrashuvlarga to'xtalib o'tamiz.
“OROL”NING SAFARDAGI YIRIK G'ALABASI YOXUD G'ALABA QOZONA OLMAGAN “G'IJDUVON” QOLDI
Bu mintaqadagi uchrashuvlar ham murosasiz ruhda o'tmoqda deyish mumkin. Jumladan Muborakning “Mashal-2” jamoasi o'z maydonida “Zomin”ni qabul qilib kichik hisobda g'alaba qozondi. Bu bahsda ko'pchilik zominliklarning qo'li baland kelishini tahmin qilgandi. Lekin Humoyun Murtazoevning yagona goli yosh “mashalchilar”ga g'alaba keltirdi.
“Mashal-2” – “Zomin” 1:0.
Avalgi ikki turni safarda o'tkazib har ikkala bahsda ham durang qayd etgan “G'ijduvon” 3-turda “Guliston”ni qabul qildi. Liga debyutanti favorit hisoblangan o'yinda yakunda mehmonlar g'alabani ilib ketdi. Etiborlisi gulistonliklar 90+1-daqiqada gol kiritib g'alaba qozondi. SHu tariqa maydon egalari alamli mag'lubiyatga uchradi.
“G'ijduvon” – “Guliston” 1:2.
Turning yana bir sensacion natijasi Samarqandda qayd etildi. Unda “Alanga”ni qabul qilgan “SHerdor” kutilmaganda raqibga imkoniyatni boy berdi. SHu kuni kosonliklarning penaltidan foydalana olmaganligini ham aytib o'tish kerak. SHu tariqa “Alanga” mavsumdagi ilk g'alabasini safarda tantana qildi.
“SHerdor” – “Alanga” 0:1.
“G'allakor-Avtomobilchi” ham ushbu turga kelib mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu jamoa o'z maydonida “Spartak”ni qabul qildi. Kuchli jala yoqqani ham qaysidir manoda o'yinga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi.
Uchrashuvning hattoki ikkinchi bo'limi o'tkazilishi so'roq ostida bo'lgani ham so'zimizni isbotlasa ajab emas. SHunday o'yinda mezbonlar yirik hisobda g'alabaga erishdi.
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Spartak” 3:0.
3-turda ko'pchilikni ajablantirgan jamoa bu – “Orol” bo'ldi. Negaki nukusliklar shanba kuni safarda “Registon” mehmoni bo'lib, raqib darvozasiga javobsiz naqd 4ta (!!!) to'p kiritib yirik g'alabaga erishdi. Ushbu mehmonda qo'l kiritilgan uch ochkodan keyin Nematulla Qutiboev jamoasi turnir jadvalida yuqori o'rinlardan birini egalladi. Albatta ushbu muvaffaqiyat nukuslik ashaddiy ishqibozlarni behad quvontirib yuborgani aniq.
“G'arb” mintaqasida oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan hisoblangan “SHo'rtan” va “Xorazm” 3-turda bir-biriga ro'baro' keldi. G'uzorda kechgan bahsda urganchliklar raqibiga hech qanday jiddiy qarshilik ko'rsata olmagani uchrashuvda aks etib turgan hisobdan ham bilib olsa bo'ladi. Etiborlisi ushbu uchrashuvdan kiritlgan barcha gollar ikkinchi bo'limda sodir bo'ldi. “SHo'rtan” – “Xorazm” 4:1.
GOLLAR
“G'arb” mintaqasidagi 3-tur o'yinlarida hammasi bo'lib 17ta gol qayd etildi. SHundan 9tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 8ta to'p mehmon jamoalar foydasiga.
Turning eng tezkor goli 5-daqiqaga to'g'ri keldi. “G'allakor-Avtomobilchi” hujumchisi Zafar Narziqulov ushbu daqiqada “Spartak” darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+1-daqiqada yuz berdi. “Guliston” himoyachisi Akbar Sattaev “G'ijduvon” darvozasiga qo'shimcha daqiqalarda g'alaba to'pini kiritib, jamoasiga uch ochko keltirdi.
Ortda qolgan tur o'yinlarida hakamlar 2ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularning ikkisi ham noaniq tepilgan. Bu borada Avaz Habibov (“Registon”) va Mirjalol Mo'minov nuqtadan adashdi.
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar 5ta gol ko'rishgan bo'lsa, ikkinchi taymda sermahsullik yanada oshdi va unda 12ta to'p kiritildi.
OGOHLANTIRISHLAR
Bo'lib o'tgan oltita o'yinda jami 22 nafar futbolchi hakamlar tomonidan sariq kartochka bilan siylandi. Mezbonlardan 12tasi ogohlantirilgan bo'lsa, mehmon jamoa azolariga 10ta sariq kartochka ko'rsatilgan.
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 8ta sariq qayd etildi.
Ikkinchi taymda esa sariqlar soni yana 14taga ko'paydi.
3-turda “Alanga” bilan “Guliston” eng intizomli jamoalardan bo'ldi. Etiborlisi ushbu klub futbolchilari turni ogohlantirishlarsiz o'tkazdi!
“Orol” va “SHerdor” jamoalari esa aksincha 4tadan sariq kartochka olib turning eng qo'pol klublaridan bo'lishdi!
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Spartak” bahsi keskin kurashlarga boy tarzda kechganini uchrashuv qaydnomasida 6ta sariq kartochka yozib ko'rsatilganidan ham bilib olish qiyin emas. Mazkur o'yinni boshqarib borgan Ravshan Kapadze bellashuv davomida jami 6ta futbolchini sariq kartochka bilan siylagan.
Etiborlisi “g'arb” mintaqasidagi 3-tur o'yinlarida ham birorta ham qizil qartochka kuzatilmagan.
MUXLISLAR
“G'arb” mintaqasidagi bo'lib o'tgan 6ta o'yinga hammasi bo'lib 6002 ta tomoshabin kirgan. Bu har bir o'yinga o'rtacha 1000 nafar muxlis demakdir. Birinchi ligaga “g'arb” mintaqasida qiziqish u qadar yuqori emas. CHunki Qashqadaryo viloyatida oliy ligada 2ta jamoa bor. Jizzaxda bitta. Samarqandda ham bitta klub elita ishtirokchisi hisoblanadi. SHunday ekan mahalliy muxlislar quyi liga o'yinlaridan ko'ra oliy liga bahslariga kirishni maqul topishmoqda.
Joriy tur uchrashuvlarida eng kam tomoshabin Muborakda kechgan “Mashal-2” – “Zomin” bahsiga kirgan, 156ta!
Eng ko'p muxlis yiqqan o'yin esa G'uzordagi “SHo'rtan” – “Xorazm” bahsi bo'ldi, 2132 nafar ishqiboz.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Mashal-2 – Zomin – 1:0. 156 tomoshabin.
G'ijduvon – Guliston – 1:2. 1711 tomoshabin.
SHerdor – Alanga – 0:1. 275 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Spartak – 3:0. 1513 tomoshabin.
Registon – Orol – 0:4. 215 tomoshabin.
SHo'rtan – Xorazm – 4:1. 2132 tomoshabin.
TO'PURARLAR:
Jo'rabek Sobirov (Guliston) - 3ta.
Turg'un Qobilov (SHerdor) – 3ta.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Bugun va ertaga birinchi liganing navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda muxlislar quyidagi qarama-qarshliklarga guvoh bo'lishlari mumkin.
4-tur. 14 aprel (dushanba)
“Mashal-2” – “Guliston”
“G'ijduvon” – “Zomin”
“SHerdor” – “Spartak”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Alanga”
15 aprel (seshanba)
“Registon” – “Xorazm”
“SHo'rtan” – “Orol”
Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | SHo'rtan | 3 | 2 | 1 | 0 | 9 - 2 | 7 | 7 |
2 | Orol | 3 | 2 | 0 | 1 | 6 - 2 | 4 | 6 |
3 | Guliston | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 - 3 | 2 | 6 |
4 | Zomin | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 - 2 | 1 | 4 |
5 | SHerdor | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 - 3 | 0 | 4 |
6 | Alanga | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 - 3 | -1 | 4 |
7 | Xorazm | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 - 5 | -1 | 4 |
8 | Registon | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 - 5 | -2 | 4 |
9 | G'allakor Avtomobilchi | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 - 3 | 0 | 3 |
10 | Spartak | 3 | 1 | 0 | 2 | 2 - 6 | -4 | 3 |
11 | Mashal-2 | 3 | 1 | 0 | 2 | 1 - 6 | -5 | 3 |
12 | G'ijduvon | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 - 4 | -1 | 2 |

Fikrlar