So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Birinchi liga. Bitta o'yinda 9ta (!) gol o'tkazib yuborgan “G'allakor-Avtomobilchi” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Bitta o'yinda 9ta (!) gol o'tkazib yuborgan “G'allakor-Avtomobilchi” haqida

Liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan “G'allakor-Avtomobilchi”ni barqarorlikka erishishi qiyin bo'lmoqda.
G'allaorol tuman jamoasi garchi har yili musobaqada ishtirok etib kelayotgan bo'lsada, mukammal tarkibga ega emas. Turli sabablarga ko'ra, jamoa safidagi o'yinchilar deyarli har mavsum boshida yangilanadi. Tabiiyki shunday bo'lavergach, jamoa mavsumni bir tekis o'tkaza olmaydi. Xattoki o'tgan yili birinchi bosqichdayoq ishtirokini to'xtatishga majbur bo'lib, keyinchalik pulkada qatnashgandi.

Bu yil jamoa boshqaruv postiga yana mahalliy murabbiy Furqat O'rolov kelib, tajriba va yoshlar ishtirokida jamoa tuzishga urindi. Garchi g'allaorolliklar keyingi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal eta olgan bo'lsada, lekin bu bilan ularni osmonlarga ko'tarish kerak emas bizningcha.
“G'allakor-Avtomobilchi” birinchi bosqichda bir o'yinda o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa sifatida tarixda qoldi. 14-turda “SHo'rtan” maydoniga safar uyushtirgan g'allaorolliklar shu kuni o'z darvozasidan javobsiz 9 (!)ta to'p o'tkazib yubordi. Bu nafaqat “G'allakor-Avtomobilchi”ni balki birinchi bosqichning eng yirik mag'lubiyati bo'ldi.

Lekin bu jamoa muxlis yig'ish borasida etakchilar safidan o'rin oladi. G'allaorol tumanida mahalliy aholi futbolni juda sevadi. CHunki jamoaning har bir uy o'yiniga o'rtacha 2000dan ziyod muxlis tashrif buyurdi. Bu birinchi liga doirasida ijobiy natijadir.

Jamoada yoshi katta futbolchi Bahriddin Rahmonqulov bo'ldi. Ko'p yillar davomida jamoa uchun o'ynab kelayotgan 33 yoshli futbolchi shu bilan birga jamoada o'ynovchi murabbiy vazifasini ham bajaradi.

Aksincha eng yosh futbolchi Izzatulla SHavkatov bo'ldi. 1997 yili tug'ilgan futbolchidan murabbyilarning umidi katta.
“G'allakor-Avtomobilchi” safida birinchi bosqichda to'purarlik mahoratini ko'rsatgan futbolchi Solijon Xayrullaev bo'ldi. 23 yoshli hujumchi o'z hisobiga 11ta gol yozdirib qo'ydi. SHundan 2tasini penaltidan kiritgan.   

Kim qancha gol urdi? 

Futbolchi

Gol

Pen.

Soli Xayrullaev

11

(2)

Farhod Usmonov

4

Abdurasul Abdug'aniev

4

(2)

Azizbek Malikov

3

Iskandar Alimboev

2

Rashid G'ofurov

2

Zafar Narziqulov

1

Ibrohimjon Negmatov

1

MadaminXojiboev

1

Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

30

Uyda

21 (70%)

Safarda

9 (30%)

O'tkazib yuborilgan gollar

39

Uyda

14 (35,9%)

Safarda

25 (64,1%)

O'rtacha urilgan gollar

1,36

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,77

Uydagi ochkolar

15/33 (45,45 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

10/33 (30,3 %)

Eng yirik g'alaba

6:1 – “G'ijduvon”

Eng yirik mag'lubiyat

0:9 – “SHo'rtan”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

5 (22,73%)

Gol ura olmagan o'yinlar

9 (40,91%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

3

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/1

Ogohlantirish (o'rtacha)

43 (1,95)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

0 (0) – 0/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

47468/2158


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика