So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Birinchi liga. 15-tur oldidan kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 15-tur oldidan kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga15-tur
Bugun birinchi liganing 15-tur o'yinlari boshlanadi. Ertaga esa yakuniga etadi. Etiborlisi birinchi ligada xam huddi oliy ligadagi kabi o'yinlar ikki kunda bo'ladi.

Ilgari chempionatning so'nggi ikki turi bir kunda va bir vaqtda o'tkazilganiga ko'nikib qolganimiz sababli ham bu safargisi boshqacha tuyulmoqda. Xullas 15-tur o'yinlari oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilib ko'ramiz.

“Paxtakor-2” – “Orol”
Nukusliklar bilan bog'langanimizda Toshkentga tashrif buyurishganini takidlab o'tishdi. Bugungi bahsda mehmonlar safida sezilarli yo'qotishlar mavjud bo'lib, Nurlibek Talasboev, Javlon Pirimbetov hamda Marat Auezniyozov sariq kartochkalari soni 4taga etgani sababli “Paxtakor-2”ga qarshi kechadigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. SHunga qaramay “Orol” safardan quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinadi. “Paxtakor-2” ham o'z uyida shunchaki qarab turmaydi va g'alaba qozonish maqsadida astoydil xarakat qilishi tabiiy. Boz ustiga paxtakorchilar birinchi davrada “Orol”ni safarda 3:2 hisobida mag'lub etib qaytgandi. Bu narsa ham mezbonlarga bugungi o'yin oldidan ruhan ustunlik berishi turgan gap.
Imkoniyatlar: 55x45.

“UzDongJu” – “Nasaf-2”
Andijonliklar joriy mavsum hisobidan bugun o'z maydonidagi so'nggi rasmiy o'yinini o'tkazadi. Katta extimol har galgidek bugungi bahsga bir qator martabali kishilar tashrif buyuradi. SHu sababli ham qanday bo'lmasin “UzDongJu” g'alaba qozonish uchun bor kuchini sarf etadi. Nurali Sultonov boshqaruvidagi “Nasaf-2” esa o'tgan turda o'z maydonida “Paxtakor-2”ga imkoniyatni boy bergandi. Endi bu safar ular kamida durang qayd etish uchun astoydil xarakat qilsa kerak. Ammo bu juda murakkabdir. Birinchi davradagi bahsda “UzDongJu” Qarshidan g'alaba bilan qaytganini ham etirof etish lozim.
Imkoniyatlar: 60x40.

“Yozyovon-Lochinlari” - “Lokomotiv-BFK”
Mazkur bahsda yozyovonliklarni favorit deya atash mumkin. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Raqibni mensimaslik ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Temiryo'lchilar” ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun jiddiy kurash olib boradi. Bugungi bahsda lekin baribir mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Tan olish kerak, ikkinchi bosqichda “Yozyovon-Lochinlari” katta o'sishga erishdi.
Imkoniyatlar: 60x40.

“Cementchi” – “Zomin”
SHubhasiz turning markaziy o'yinidir. Quvasoyliklarni jiddiy o'yin kutib turibdi. SHuningdek “Zomin”ni ham jiddiy imtihon kutmoqda deyish mumkin. Quvasoyliklarga mahalliy muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham sezilarli darajada qo'l kelishi mumkin. Ushbu jamoalarning ilk to'qnashuvida nursiz durang qayd etilgandi. Ko'ramiz bugun kimning omadi choparkin.
Imkoniyatlar: 50x50.

“Xotira-79” – “Obod”
Uyichliklarga bugun juda qiyin bo'lishi aniq. Sababi “Obod” 1-o'ringa chiqib olish uchun qolgan ikki o'yinda g'alaba qozonish bilan birga ashaddiy raqibi “Oq-tepa”ni ochko yo'qotishini ham kutadi. Eng avvalo buning uchun “Obod” futbolchilari qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishi shart bo'ladi. Bizningcha bugungi bahsda mehmonlar g'alabani ilib ketadi. CHunki “Xotira-79” ayni damda “Obod”ga jiddiy tashvish tug'diradigan darajada emas. Qolaversa birinchi daradagi bahsda toshkentliklar 8:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Imkoniyatlar: 30x70.
 
“Kosonsoy” – “Xorazm”
Mazkur uchrashuv ham qiziqarli o'tsa ajab emas. Birinchi davrada Urganchda 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan kosonsoyliklar bugun revansh olish uchun astoydil o'ynasa kerak. Lekin “Xorazm” ham qarab turmaydi. Ularni keyingi turda “Oq-tepa” bilan ham jiddiy o'yin kutmoqda. Bugungi bahsga mehmonlar qanday tarkib bilan tashrif buyurgani bizga hozircha nomalum. SHu bois imkoniyat borasida tahmin qilish biroz qiyin. Balki durang qayd etilar.
Imkoniyatlar: 50x50

“Oq-tepa” – “Mashal-2”
CHempionat peshqadami “Oq-tepa”ni bugun qiyin o'yin kutib turibdi. Negaki “Mashal-2” ham chaqilmas yong'oq bo'lib qolgan. Muborakliklar kutilmagan natijalar qayd etib, ko'pchilikni hayron qoldiradi. Balki Dilshod Andaev shogirdlari bugungi uchrashuvda ham Toshkentdan ochko bilan qaytar. Har xolda birinchi davradagi bahsda “gazchilar” 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu esa ularga bugungi o'yin oldidan ruhan ustunlik bersa ajab emas. “Oq-tepa” esa bugun nihoyatda extiyotkorona bo'lishi aniq. Sababi uning ortidan taqib etib kelayotgan “Obod” bilan o'rtadagi ochkolar farqi bittani tashkil etmoqda. Yuqorida “Obod”ning qolgan ikki turdagi raqiblarini aytib o'tdik. “Oq-tepa”ning raqiblari esa ularnikidan farq qiladi. Yani biroz murakkabroq. SHu bois Ildar Sakaev boshqaruvidagi “Oq-tepa” avvalo bugungi o'yinni o'z foydasiga hal etib olishi lozim.

Imkoniyatlar: 60x40


3 noyabr (seshanba)
“NBU-Osiyo” – “G'ijduvon”

Turning so'nggi o'yinida katta extimol bilan maydon egalari g'alaba qozonsa kerak. Sababi ligadan tushib ketishi aniq bo'lib ulgurgan “G'ijduvon” qolgan bahslarni shunchaki rasmiyatchilikka o'tkazib qo'yishi ham mumkin. Aks xolda ham “bankirlar”ning imkoniyati baribir yuqori deyish mumkin. Birinchi davradagi bahsda ham “NBU-Osiyo” mazkur raqibini 2:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi.
Imkoniyatlar: 65x35.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика