So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Birinchi liga. 14-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 14-tur statistikasi

18-19 oktyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
QO'QONDA SENSACIYA
Ortda qolgan turda rejadagidek 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda safarda g'alaba qozongan jamoa birgina “Mashal-2” bo'ldi. Ahamiyatlisi muborakliklar garchi raqib “Qo'qon-1912” bo'lishiga qaramay, irodali g'alabaga erishdi. Tabiiyki Qo'qondagi 1:2 hisobi turning sensacion natijasi bo'ldi. Garchi “Qo'qon-1912” o'z maydonida mag'lub bo'lgan ersada shu kuni oliy liga yo'llanmasini rasmiylashtirdi.
Liga debyutanti “Obod” o'z maydonida “SHo'rtan”ni qabul qilib nursiz durang qayd etdi. Agarda mazkur uchrashuvda toshkentliklar g'alaba nashidasini surganida, qo'qonliklarga birmuncha qiyin bo'lardi. Ushbu turda boshqa etiborga molik natijalar kuzatilmadi.



14-turda quyidagi natijalar kuzatildi
“Istiqlol” – “SHerdor” 3:1
“Paxtakor-2” – “Alanga” 2:2
“UzDongJu” – “Zomin” 6:1
“Xotira-79” – “G'allakor-Avtomobilchi” 5:3
“Obod” – “SHo'rtan” 0:0
“Qo'qon-1912” – “Mashal-2” 1:2
19 oktyabr (yakshanba)
“Oq-tepa” – “Xorazm” 3:0
“NBU-Osiyo” – “Orol” 4:1

GOLLAR
* 14-turning 8ta o'yinida jami 34ta gol kiritildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 4,25tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar hisobiga 24ta to'p yozildi.
* Qolgan 10ta golni mehmonlar kiritgan.
* Birinchi bo'limda kiritilgan gollari soni 15tani tashkil etdi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 9ta gol urildi.
* Eng ko'p gol kiritgan jamoa “UzDongJu” bo'ldi, 6ta!
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan klub “Zomin” bo'ldi.
* “Obod”, “SHo'rtan” hamda “Oq-tepa” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
* Turning eng tezkor goli 4-daqiqada kiritildi. Aleksandr Lupashko ushbu daqiqada “Orol” darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli 85-daqiqada kiritilgan. “Oq-tepa” azosi Ildar Magdeev ushbu soniyada “Xorazm” darvozasiga uchinchi to'pni kiritgan.
* 4ta dubl!
 Islom Abduqodirov (“Xotira-79”)
SHoxruz Norxonov (“Istiqlol”)
Aleksandr Lupashko (“NBU-Osiyo”)
Solijon Xayrullaev (“G'allakor-Avtomobilchi”)
* 4ta penalti! SHundan 3tasi aniq tepilgan.
Doniyor Usmonov (“Qo'qon-1912”) – aniq.
Solijon Xayrullaev (“G'allakor-Avtomobilchi”) – aniq.
Nurlibek Talasboev (“Orol”) – aniq.  
Abdurazzoq Jo'raev (“Xotira– 79”) – noaniq.
* 1ta avtogol! “Orol” futbolchisi Ollayor Reimov “NBU-Osiyo”ga qarshi bahsda kutilmaganda o'z darozasiga to'p kiritib yubordi. 



OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* Hakamlar tomonidan futbolchilarga qarata ko'rsatilgan sariq kartochkalar soni 25tani tashkil etdi!
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 3,125tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 10 nafar o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Qolgan 15ta ogohlantirish esa mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* Birinchi bo'limda qayd etilgan sariq kartochkalar soni 7tani tashkil etdi.
* Qolgan 18ta ogohlantirish esa ikkinchi taymda kuzatildi.
* “Istiqlol” – “SHerdor” bahsi turning eng tartibli o'tgan uchrashuvi bo'ldi. Etiborlisi bosh hakam Viloyat Najafaliev mazkur o'yinda birorta ham kartochka ishlatmagan.
* Bu borada aksincha xolat “Obod” – “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912” – “Mashal-2” bahsida kuzatildi. Toshkentdagi uchrashuvda bosh hakam 7ta o'yinchini sariq bilan “siylagan” bo'lsa, Qo'qondagi bahsda 6ta sariq va 1ta qizil kartochka qayd etildi.
* “Istiqlol”, “SHerdor”, “Oq-tepa”, “NBU-Osiyo” jamoalari 14-turning eng tartibli jamoalari sifatida qayd etildi.
* “SHo'rtan” futbolchilari esa 4 marotaba ogohlantirildi va bu borada “peshqadam” bo'ldi.
* Qizil kartochkalarga keladigan bo'lsak. Bu borada raqamlar 3tani ko'rsatmoqda.
Farrux Nurliboev (“NBU-Osiyo”) – birinchi taymda.
Bahrom Yuldashev (“Qo'qon-1912”) – ikkinchi taymda.
Marat Hoshimov (“Xorazm”) – ikkinchi taymda.
* Mazkur futbolchilar bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.
 


MUXLISLAR
* Turning bo'lib o'tgan 8ta o'yiniga jami 6314ta tomoshabin qadam ranjida qilgan!
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 789,25tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin kirgan o'yin “Qo'qon-1912” – “Mashal-2” bo'ldi.
* Aksincha xolat “NBU-Osiyo” – “Orol” bahsida kuzatildi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol – SHerdor – 3:1. 47 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Alanga – 2:2. 57 tomoshabin.
UzDongJu – Zomin – 6:1.155 tomoshabin.
Xotira-79 – G'allakor-Avtomobilchi – 5:3. 157 tomoshabin.
Obod – SHo'rtan – 0:0. 153 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Mashal-2 – 1:2. 5553 tomoshabin.
Oq-tepa – Xorazm – 3:0. 158 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Orol – 4:1. 34 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan28232383 - 176671
2Qo'qon-191228212570 - 274365
3Oq-tepa28184663 - 372658
4Obod28183757 - 312657
5UzDongJu281611147 - 371049
6NBU-Osiyo281351053 - 421144
7Mashal-2281241226 - 41-1540
8Paxtakor-2281151249 - 54-538
9Orol281041431 - 34-334
10Zomin28961334 - 41-733
11Alanga28951436 - 51-1532
12Xorazm28881236 - 46-1032
13Istiqlol281011753 - 62-931
14Xotira-7928761538 - 55-1727
15SHerdor28651717 - 60-4323
16G'allakor Avtomobilchi28132432 - 90-586


BUGUN UCHRASHADILAR
15-tur. 26 oktyabr (yakshanba)
“Mashal-2” – “Istiqlol”
“SHo'rtan” – “Paxtakor-2”
“Alanga” – “UzDongJu”
“SHerdor” – “Xotira-79”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Oq-tepa”
“Zomin” – “NBU-Osiyo”
“Orol” – “Obod”
“Xorazm” – “Qo'qon-1912”

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика