So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   256 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Bir yil avval Reyes halokatga uchragandi Yangiliklar

Bir yil avval Reyes halokatga uchragandi

O'tgan yilning ayni kunida taniqli ispaniyalik futbolchi Xose Antonio Reyes hayotdan ko'z yumgan va "Championat.asia"da u haqida maqola elon qilingandi. Xorij nashrlari marhum futbolchini eslayotgan bir paytda biz ham sizning etiboringizni o'sha maqolaga qaratamiz.

Xose Antonio Reyes 1983 yil 1 sentyabrda Sevilya provinciyasi tarkibidagi Utrera munisipalitetida tavallud topdi.

Futbolchi sifatida ushbu shaharchadan tashqarida 24 yil faoliyat olib bordi.

11 yoshida «Seviliya» jamoasi akademiyasiga qabul qilingan bolakay 1999 yil asosiy jamoa safiga qo'shildi. «Seviliya» 2001 yil Ispaniya ikkinchi divizioni hisoblangan Segundada g'alaba qozonib, La liga yo'llanmasini qo'lga kiritishida o'z hissasini qo'shdi.

Uning iqtidorini o'z vaqtida payqagan Arsen Venger uni o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi. Transfer 2004 yilning qishida 17,5 million funt-sterling evaziga amalga oshirildi. Malumot uchun, o'sha yillarda Frenk Lempard 11 million funtga baholangandi. Birgina Reyesning transferiga sarflangan mablag'ga Jermeyn Defo, Maykl Karrik va Glen Jonsonni sotib olish mumkin edi. Xose Antonio «to'pchilar» safida 2006 yil yoziga qadar to'p tepdi. Bu muddatda mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritib, Evropa chempionlar ligasi finalchisiga aylandi.

«Real»da bir yil ijarada o'ynab, Ispaniya chempioniga aylangan Reyes 2007/2012 yillarda Madridning 2-raqamli jamoasi sharafini himoya qildi. «Matraschilar» safida ikki bor Evropa ligasida g'olib bo'ldi. 2008/09 yilgi mavsumni «Benfika» safida ijara evaziga o'tkazdi.

2012 yil 5 yanvarda «Seviliya»ga o'tdi. Sobiq jamoasiga qaytgan yarim himoyachi qatorasiga 3 marta Evropa ligasida zafar quchdi (2013/16 yillar) va ushbu musobada 5 marta g'olib chiqqan ilk futbolchiga aylandi. 2016/17 yilgi mavsumda «Espanol» sharafini himoya qilgan Reyes mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Ammo, 2018 yil yanvaridan boshlab quyi divizion jamoalarida o'ynay boshladi. Dastlab, 2018 yilning yoziga qadar «Kordova»da to'p surdi. Keyin joriy yilning boshiga qadar Xitoy chempionati 2-divizioni sharafini himoya qiladigan Urumchining «Sinczyan Tyanshan Leopard» jamoasida o'ynadi.

Ispaniyaga qaytib, «Estremadura» sharafini 9 bahsda himoya qilishga ulgurgan Xose Antonio Reyes 1 iyunda Utrerada avtomobil halokati natijasida vafot etdi.

O'z shahridan tashqaridagi 24 yillik yorqin faoliyatidan so'ng 35 yoshida ona shahrida hayotdan ko'z yumdi.

Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика