So’nggi yangiliklar

02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0

Bir o'yin tarixi. Terma jamoamiz tarixidagi eng sharmandali mag'lubiyati qanday bo'lgandi? Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Terma jamoamiz tarixidagi eng sharmandali mag'lubiyati qanday bo'lgandi?

Bundan yigirma yil oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi Livandagi Osiyo kubogi-2000'da o'zining tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.

Demak, bugun bir o'yin tarixi loyihasi orqali Yaponiyadan uchralgan 1:8 hisobidagi sharmandali mag'lubiyat haqida atroflicha to'xtalamiz. 

1999 yil terma jamoamiz Mahmud Rahimov murabbiyligida BAAdagi saralash turnirida muvafaqiyatli ishtirok etadi va guruhdagi barcha jamoalarni mag'lub etib ortga yo'llanma bilan qaytadi. Eng ahamiyatlisi vakillarimiz hal qiluvchi uchrashuvda mezbon BAA termasini mag'lubiyatga uchratishadi. Hal qiluvchi golini Maksim SHackix uradi. Yigitlarimizni kvalifikacion bosqichda g'alaba sari etaklay olgan murabbiy yil yakunida baxtsiz hodisa, aftofalokat sabab vafot etadi. Tabiiyki bunday sharoitda yangi murabbiy topish oson ish emasdi. CHunki, o'sha vaqtlarda terma jamoaga yangi murabbiy olib kelish uchun mablag' bo'lmagan. Avvaliga, Viktor Barisov so'ng Pavel Sadirin murabbiylik postiga o'tirib ko'radi. Ammo, ular jamoani bitta o'yindan ortiq boshqarishmaydi. Mutasaddilarni boshi qotgandi. Bir tomondan yangi murabbiy, boshqa tomondan yig'in uchun mablag'. Boshqa ilojini topa olmagan O'zbekiston futbol federaciyasi “Neftchi” murabbiyi Yuriy Sarkisyan nomzodini tanlaydi. 

Respublikamizdagi taniqli mutaxassis 1996-1997 yillarda ham milliy jamoa murabbiylar shtabida Rustam Mirsodiqovga yaqindan ko'maklashgan. SHunday qilib, Sarkisyan 2000 yil iyunida terma jamoa bosh murabbiyiga aylanadi. Bu davrda futbolimiz o'zining og'ir damlarini boshdan o'tkazayotgandi. Yuqorida aytganimdek federaciyada pul yo'qligi sabab o'rtoqlik o'yinlari asosan mahalliy ichki chempionat jamoalariga qarshi o'tardi. Harajatlarni asosan viloyat hokimlari ko'tarardi. 1999 yilgi terma jamoaning yig'inlari uchun Samarqandning “Dinamo” stadioni baza vazifasini o'taydi. Ozarbayjon bilan o'rtoqlik uchrashuvi ham shu erda tashkil etiladi. Osiyo kubogi oldidan Sarkisyan ohirgi yig'inni Farg'onada olib borishga majbur bo'lgandi. Sparring raqib vazifasini “Neftchi” jamoasi bajaradi. Musobaqaga kayfiyatsiz, aniq o'yin uslubisiz, tayyorgarliksiz borgan termamiz shunga yarasha natija qayd etadi.

Qita kubogi oktyabr oyida o'tkazilayotganligi sababli futbolchilarni jalb qilish muammo bo'lgandi. Boisi, bu paytga kelib ko'plab xorij jamoalari chempionlar ligasi va boshqa xalqaro o'yinlarda ishtirok etardi. Aniqrog'i, FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi sabab qiyinchiliklar kuzatiladi. Ammo, turnirga yo'l olgan tarkibni kuchsiz deb bo'lmasdi. Tarkibga etibor qarating Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Davron Fayziev, Sergey Lebedov, Otabek SHomurodov, Nematulla Quttiboev, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Maksim SHackix va hokazo. Yulduzlarga to'la tarkib bilan qanday qilib yutqazish mumkin dersiz. Sabab sifatida ularni birlashtira oladigan, motivaciya bera oladigan murabbiy yo'qligi bilan izohlash mumkin. Turnir startida hamyurtlarimiz Qatarga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi va durangga rozi bo'lishadi. Yaponlar bilan bahs butkul kutilmagan scenariy ostida kechadi. Futbolchilarimizni shu kuni tanib bo'lmasdi. Go'yoki, birinchi marotaba maydonga tushgandek taasurot qoldirishadi. “Samuraylar” 25 daqiqaga qadar Pavel Bugalo darvozasini besh bor o'qqa tutishadi, Maroshima, Nishizava, Takaxaralarni himoyachilar to'xtatib qola olishmaydi. 

29-daqiqaga kelib Sergey Lushan javob to'pini kiritadi. Orada posbonimiz Bugalo raqib futbolchisi tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytaradi. Lushanning goliga javoban raqiblar yana uchta gol urishadi va ochiqchasiga ustimizdan kulishadi. Yuqori darajadgi ijrochilardan iborat terma jamoamizni bu mag'lubiyatiga ko'pchilik ishonmasligi tabiiy. Biroq, bu rost. To'rt yil oldingi Osiyo kubogida ham bu yurt vakillariga yirik hisobda yutqazganmiz. Lekin, bunday hunuk tarzda emas. Yaponiya allaqachon zamonaviy futbolga o'tib bo'lgandi. Bizda esa allaqachon avlodlar almashinuvi jaryonini o'tkazish davri kelgandi. Yakunda Sergey Lebedov, Igor SHkvirinlar terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashadi.

Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 2-tur

17.10.2000. Sayda(Livan)

O'zbekiston – Yaponiya 1:8

Gollar: Sergey Lushan(29), - Maroshima(7), Nishizava(14, 25, 49), Takaxara(18, 20, 57), Kitishima(79).

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodrov, Fevzi Davletov(Sergey Lebedov,25), Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvastunov, Abdumajid Toirov(Otabek SHomurodov, 60), Muxtor Qurbonov(Igor SHkvirin, 46), Maksim SHackix.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика