So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  50 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  215 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  19 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  9 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Bir o'yin tarixi. ECHL-2006 finali. "Barselona" - "Arsenal" 2:1 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. ECHL-2006 finali. "Barselona" - "Arsenal" 2:1

2006 yilgi UEFA CHempionlar ligasi finali Franciyaning Sen Deni shahridagi "Stad de Franc" stadionida bo'lib o'tgan.

Hal qiluvchi bahsda Ronaldinyu boshchiligidagi "Barselona" Terri Anri boshchiligidagi "Arsenal" bilan to'qnash kelgan.

O'yin "Arsenal"ning hujumlari bilan boshlangan. Anrida bir nechta imkoniyat bo'lgan, biroq Viktor Valdes mahoratini namoyish etib jamoasini goldan qutqarib qolgan.

O'yin kulminaciyasi 18-daqiqada ro'y berdi. Samuel Eto'O birga-bir vaziyatga chiqib boradi Yens Lemann esa uni jarima maydonidan chiqib yiqitadi. Bosh hakam norvegiyalik Tere Xauge germaniyalik posbonga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatadi. "Arsenal" o'sha mavsum ECHL pley-off bosqichida finalga qadar 6ta o'yinda umuman gol o'tkazmagan edi ("Real" 1:0, 0:0), ("Yuventus" 2:0, 0:0), ("Vilyarreal" 1:0, 0:0). Bunda albatta Yens Lemanning xizmati juda katta edi.

Arsen Venger yarim himoyachi Rober Piresning o'rniga ikkinchi darvozabon Manuel Almuniyani tushiradi. 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay hisobni "kanonirlar" ochishadi. Ebue ishlagan jarima to'pini Terri Anri amalga oshiradi, barchadan baland sakragan Sol Kempbell boshi bilan darvozani ishg'ol qiladi - 0:1.

SHundan keyin "Barselona" tashabbusga ega bo'ladi va ketma-ket hujumlar tashkil etadi.

76-daqiqada Eto'O baribir niyatiga etadi. CHap tomondan jarima maydoniga yorib kirgan hujumchi Almuniya qo'riqlayotgan darvozaning yaqin pastki burchagini aniq nishonga olib hisobni tengashtiradi - 1:1.

Ko'pchilik asosiy vaqt durang qayd etiladi deb turganda zaxiradan maydonga tushgan himoyachi Juliano Belletti katta sahnaga chiqadi. O'ng tomondan devor uslubida o'ynagan himoyachi jarima maydoni ichidan kuchli zarba berdi, to'p Almuniyaning oyoqlari orasidan darvozaga borib tushadi - 2:1. "Barselona" Evropa chempioni!

Malumot uchun, o'sha mavsum argentinalik Lionel Messi ECHLda bir nechta o'yinda maydonga tushgan, biroq final qaydnomasidan o'rin olmagan edi.  


"Barselona" - "Arsenal" 2:1 (0:1)
17 may 2006 yil. Sen Deni, "Stad de Franc" stadioni. 79610 tomoshabin.
Bosh hakam:
Tere Xauge (Norvegiya).
Gollar: Eto'O 76, Beletti 80 - Kempbell 37.

"Barselona": Viktor Valdes, Oleger (Juliano Belletti, 71), Rafael Markes, Karles Puyol, Jovanni van Bronxorst, Edmilson (Andres Inesta, 46), Deku, Mark van Bommel (Xenrik Larsson, 61), Lyudovik Jyuli, Ronaldinyu, Samuel Eto'O.
Bosh murabbiy: Frank Raykaard (Niderlandiya).

"Arsenal": Yens Lemann, Emmanuel Ebue, Kolo Ture, Sol Kempbell, Eshli Koul, Rober Pires (Manuel Almuniya, 18), Jilberto Silva, Sesk Fabregas (Metyu Flamini, 74), Aleksandr Gleb (Xose Antonio Reyes, 85), Freddi Yunberng, Terri Anri.
Bosh murabbiy: Arsen Venger (Franciya).

Ogohlantirishlar: Ebue 22, Anri 51, Oleger 69, Larsson 90+3
CHetlatish: Lemann 18.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика