So’nggi yangiliklar

20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  5 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  12 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Bir o'yin tarixi. "Dinamo" - "Nyukasl" yoxud SHackixning o'sha mashhur goli Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Dinamo" - "Nyukasl" yoxud SHackixning o'sha mashhur goli

Bir o'yin tarixi doirasida Evropa chempionlar ligasi uchrashuvini eslaymiz.

2002 yilning 18 sentyabr oqshomida Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida "Dinamo" Angliyaning mashhur "Nyukasl" klubini qabul qilgan. Birinchi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi uchrashuvni ko'rish uchun stadionga 70 ming tomoshabin tashrif buyurgan edi.

"Nyukasl" safida o'sha o'yinda SHey Given, Kiron Dayer, Alan SHirer, Kreyg Bellami, Nolberto Solano, SHola Ameobi va Gari Spid kabi yulduzlar maydonga tushishgandi.

Ispaniyalik Iturralde Gonsales boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan bahsda hisob 17-daqiqada ochiladi. Yerko Lekoning erdan uzatgan to'pini o'zbekistonlik hujumchi Maksim SHackix jarima maydoni tashqarisidan to'xtatmay darvozaga yo'llaydi, to'p darvozaning to'qqizligiga kirib ketadi - 1:0. Yaponiya va Janubiy Koreya yashil maydonlari o'tgan Jahon chempionatida Irlandiya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lgan SHey Given bu vaziyatda hech nima qila olmaydi, supergol! 24 yoshli Maksim SHackix Evropa chempionlar ligasida 20dan ortiq gollar uradi, lekin mana shu gol eng chiroylisi bo'lib qoladi desak yanglishmaymiz.

Ikkinchi taymda Aleksandr Xackevich ikkinchi bor Given qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi va "Dinamo"ning g'alabasini mustahkamlaydi - 2:0.




"Dinamo" Kiev - "Nyukasl Yunayted" - 2:0 (1:0)

18.09.2002. 1-tur. Kiev. "Olimpiyskiy" stadioni. 70000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Iturralde Gonsales (Ispaniya)

Gollar: SHackix Maksim 17, - 1:0. Xackevich Aleksandr 62, - 2:0.

"Dinamo" Kiev: 12.Reva Vitaliy; 2.Xackevich Aleksandr (32.Gavranchich Goran, 75); 10.CHernat Florin; 11.Peev Georgiy; 14.Gusin Andrey; 16.SHackix Maksim; 17.Gioane Tiberiu; 19.Leandro Mashadu (7.Melashchenko Aleksandr, 56); 26.Nesmachniy Andrey; 35.Sablich Goran; 36.Leko Yerko.
Zaxiradagilar: 15.Rinkon Diego; 13.Xudjamov Rustam; 24.Bodnar Laslo; 9.Kaduri Badr; 30.Skoba Igor.

"Nyukasl Yunayted": 1.Given SHey; 5.OBrayn Endi; 8.Dayer Kiron; 9.SHiren Alan (23.Ameobi SHola, 79); 10.Bellami Kreyg; 11.Spid Gari; 12.Griffin Endi; 18.Xyuz Aaron (4.Solano Nolberto, 69); 34.Dabizas Nikolaos; 45.Ugo Viana (32.Rober Loran, 69); 35.Bernar Oliver.
Zaxiradagilar: 20.Lua Lua Lomana; 7.Jenas Jermeyn; 13.Xarper Steren; 19.Brambl Taytus.

Ogohlantirishlar: Xyuz Aaron 60, SHackix Maksim 76.





Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика