So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

Bir o'yin tarixi. 2012 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Neftchi" Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 2012 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Neftchi"

2012 yil Oliy liganing qoldirilgan 5-turi doirasida 11 iyun kuni Farg'onada "Neftchi" va "Paxtakor" o'zaro bellashishadi.

O'sha o'yinga qadar Deyan Jurjevich boshchiligidagi "Paxtakor" 8ta o'yinda 5ta g'alaba va 3ta durang qayd etib 18 ochko bilan ikkinchi o'rinda, Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi "Neftchi" 8ta o'yinda 3ta g'alaba, 3ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etgan holda 5-o'rinda edi.

Uchrashuvda hisobni "sherlar" ochishadi. Ikkinchi taym boshida himoyachi Davron Hoshimov uzoq masofadan gol uradi - 0:1.

Oradan taxminan 10 daqiqa o'tgach muvozanat tiklanadi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni bugungi kunda hakamlik qilayotgan SHavkat Nasibullaev darvozaga yo'llaydi - 1:1.

66-daqiqada Mansur Saidov uzoq masofadan ajoyib tarzda gol urishga muvaffaq bo'ladi va "Neftchi" stadioni larzaga keladi - 2:1.

"SHerlar" mag'lubiyatdan qutulish maqsadida katta kuch bilan oldinga o'tishadi, maydonga hujumchilar Bahriddin Vahobov va SHahboz Erkinov maydonga tushishadi. Biroq golni "Paxtakor" emas mezbonlar urishadi. Farg'onaliklar to'purari Anvar Berdiev yakuniy hisobni o'rnatadi - 3:1. SHu tariqa "Paxtakor"ning o'sha mavsumdagi dastlabki mag'lubiyati Farg'onada sodir bo'ladi.

O'sha yil "Paxtakor" 59 ochko to'plab O'zbekiston chempioni bo'lgan edi. "SHerlar" mavsumdagi uchta mag'lubiyatni "Neftchi", "SHo'rtan" va "Bunyodkor"dan qabul qilib olishgandi. "Neftchi" esa 37 ochko bilan chempionatni 6-o'rinda tugatgandi. O'sha mavsum Yuriy Sarkisyan uchun "Neftchi"dagi to'laqonli so'nggi mavsumi bo'lgandi. 2013 yil may oyida bosh murabbiy istefoga chiqarilgandi.

"NEFTCHI" - "PAXTAKOR" - 3:1 (0:0)

11.06.2012. 5-tur. Farg'ona. "Farg'ona" stadioni. 13098 tomoshabin.

Bosh hakam:
Kovalenko Valentin

Gollar:
0:1 - Hoshimov Davron, 46
1:1 - Nasibullaev SHavkat, 57
2:1 - Saidov Mansur, 66
3:1 - Berdiev Anvar, 82

"NEFTCHI": Turdaliev Farrux; Po'latov SHukurali; Nurboev Oybek; Nasibullaev SHavkat; Yoqubov Baxtier; Isroilov Otabek (Saidov Mansur, 46); Smolyachenko Pavel (Nizomiddinov Muhsin, 76); Mirzaev Sardor; Hakimov SHerzod (Berdiev Anvar, 65); Ermatov Dilyorbek; Akramov Iqbol.
"PAXTAKOR": Lobanov Aleksandr; Krimec Egor; Maxaradze Kaxi; Abduxoliqov Temurxo'ja (Erkinov SHahboz, 54); Klimiashvili Irakli; Karimov SHerzod (Mahstaliev Abbosbek, 64); Hoshimov Davron; Suyunov Ilhom; Andreev Stanislav; Kozak Vladimir; Qilichev Oybek (Vahobov Bahriddin, 74)

Ogohlantirishlar: Klimiashvili Irakli, 57; Saidov Mansur, 66; Andreev Stanislav, 76; Berdiev Anvar, 82; Krimec Egor, 87; Po'latov SHukurali, 90+2





Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика