So’nggi yangiliklar

08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  0 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  6 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  19 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1

Bir o'yin tarixi. 2005 yilgi O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 2005 yilgi O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi

Bugun bir o'yin tarixi rukni orqali O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2006 saralashidan o'rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahs tafsilotlari bilan qisqacha o'rtoqlashamiz.

Janubiy Koreya bilan Toshkentda o'tishi ko'zda tutilgan uchrashuvga qadar terma jamoada ko'p narsa o'zgarib ketgandi. Bu yurt vakillariga qarshi safardan mag'lubiyat bilan qaytgan futbolchilarimizni, muxlislarni kayfiyati tushib ketgan, amalda germaniyalik murabbiy Yurgen Gyode qoniqarsiz natijalar sabab istefoga chiqarilgan, rossiyalik legionerlar bilan ham hamkorlik to'xtatilgandi. Bunday qiyin sharoitda va keyinga o'yinga qadar boshqa xorijlik murabbiyni topish oson emasdi. SHuning uchun terma jamoa boshqaruvi vaqtinchalik Gyodening yordamchisi Ravshan Haydarovga topshiriladi. Bu paytga kelib Haydarov ham malum bir darajada tajriba to'plab ulgurgan, futbolchilarimizning imkoniyatlarini va nimalarga qodirligini juda yaxshi bilardi. SHu sababdan rahbarlar navbatdagi o'yinlarga jamoani boshlab tushishni unga ishonib topshirishdi.

2005 yil 3 iyun kuni “Paxtakor” Markaziy stadioniga avvalgi uchrashuvlarga qaraganda ishqibozlarning tashrifi bir muncha kamaygandi. Sezish qiyin emasdiki, ayrim muxlislar termaning g'alabasidan umidini uzib bo'lgandi, o'yingohga kelgan 30 ming nafar ishqiboz esa hamon ishonishda davom etardi. Raqib kimligini, qanday kuchga ega ekanligini hamma tushunib turardi. Lekin, bizni g'alabadan boshqasi qanoatlantirmas edi. SHuning uchun Mirjalol Qosimov sardorligidagi jamoamiz ilk daqiqalardan bosim qilishga va hujumlar sonini keskin oshirish payida bo'lishdi. 

Biroq, raqib safidagi mahoratli va tajribali himoyachilar o'z darvozalaridan gol olib chiqishga yo'l qo'yishmadi. Koreyaliklar murabbiyi niderlandiyalik Jo Bonfrere to'g'ri taktika tanlaganini, futbolchilarimizni yaxshi o'rganib chiqqani ko'rib turardi. Ular asosan markazda Qosimovga o'yin bermaslikka harakat qilishdi, boisi u maydonda o'yinni boshqaruvchi va hujumchilarni to'p bilan taminlab turuvchi yagona dispetcherimiz hisoblanardi. Ayniqsa, Maksim SHackix bilan ajoyib tandem hosil qilishiga oldingi yillarda ko'p bor guvoh bo'lganmiz.

Ko'p hollarda SHackix Qosimovning uzatmasidan so'ng to'p kiritardi. Mazkur bellashuvning 62-daqiqasida yana Qosimovning pasidan so'ng Maksim SHackix koreyalik darvozabon Vu Jae Li bilan yakkama-yakka holatga chiqib bordi va hisobni ochdi - 1:0. 

Bilasiz, bizning futbolimizda juda hunuk odat saqlanib qolingan. G'alabani erta nishonlab yuboramiz, erta xotirjamlikka berilamiz. Buning oqibatida ko'p bor pand eganmiz. Hakam hushtagi yangrashiga oz qolganda Janubiy Koreya futbolchisi Park CHu Yung muvozanatni tenglashtirdi va jamoasiga qimmatli bir ochkoni taqdim qildi - 1:1. Ushbu vaziyatda eronlik hakam Masud Moradi qo'pol xatoga yo'l qo'ygandi. Safonov darvozasiga to'p kiritilayotgan paytda Park CHu Yungga to'p oshirgan futbolchi yaqqol o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Terma jamoa kuchli raqibga qarshi munosib kurashgani, hatto g'alabani tortib olishga juda yaqin kelgani uchun Ravshan Haydarovga keyingi o'yinda ham imkoniyat berishadi. Ammo, Saudiyadan uchralgan yirik 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng u o'rnini Bob Xaftonga bo'shatadi. Janubiy Koreya bilan Jahon chempionati saralashlaridagi navbatdagi to'qnashuvimiz mana shu ko'rinishda yakuniga etadi.

JCH-2006 saralash bosqichi.
O'zbekiston – Janubiy Koreya – 1:1
03.06.2005. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 30000 tomoshabin.
Hakam:
Masud Moradi (Eron)
Gollar: Maksim SHackix 62 - Park CHu Yung 90.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Nikolay SHirshov, Mirjalol Qosimov (Vladislav Kiryan, 84), Leonid Koshelev, Viktor Karpenko, Temur Kapadze, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix (Anvar Soliev, 62).
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика