So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Bir o'yin tarixi. 2001 yilgi “Merdeka” kubogi, Hamidullaevning oltin goli, Seytkamolovning porlashi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 2001 yilgi “Merdeka” kubogi, Hamidullaevning oltin goli, Seytkamolovning porlashi

2000 yildan so'ng futbolimizda katta o'zgarishlar, keng hajmdagi islohotlar davri boshlandi.

Federaciya tepasiga kelgan Bahtiyor Rahimov birinchi galda terma jamoa bazasidagi tashkiliy ishlarni va moliyaviy muammolarni hal qildi. Jamoaga Rossiyadan Vladimir Salkovni taklif qildi. Natijada yaxshi saviyadagi raqiblar, Evropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etila boshlandi. Katta nufuzdagi xalqaro turnirlarga safarlar uyushtirildi. Ulardan biri Malayziyada tashkil etilgan “Merdeka” kubogidir. Bugun annamizdan biroz chetga chiqqan holda bitta uchrashuvni emas balki, ushbu musobaqadagi barcha o'yinlarni qisqacha yodga olamiz.
Mazkur turnirda ko'pchilik yoshi katta muxlislarga tanish bo'lgan Bahodir Seytkamolov, Bahodir Annamatov, Rashid G'ofurov, Anvar Berdiev kabi futbolchilar ham qatnashgan.

Bosh murabbiy tarkibga etakchi futbolchilarni jalb qilmaydi va safarga asosan zaxira vakillari, mahalliy futbolchilarni olib boradi. JCH-2002 saralashi ikkinchi bosqichi oldidan tashkil etilgan o'rtoqlik turnirida vakillarimiz uchta o'yinda qatnashishgan. Dastlabki bahs Hindiston terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan bo'lib unda jamoamiz kichik 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Gollarga esa Baxtiyor Hamidullaev va Anvar Berdiev mualliflik qilishgan.

Hindiston – O'zbekiston 1:2
Gollar:
Vijayan Invalappil Mani 45 – Baxtiyor Hamidullaev 19, Anvar Berdiev 33.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Oleg Sobirov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev (Bahodir Seytkamolov, 46), Andrey Vlasichev, Aleksandr Xvostunov, Bahodir Annamatov, Fevzi Davletov, Anvar Berdiev, Anvar Soliev, Baxtiyor Hamidullaev (Nematulla Quttiboev, 70)


Yarim finalda futbolchilarimiz Bahrayn qarshiligini engishdi. Asosiy vaqtning so'nggi daqiqalarida Bahodir Seytkamolov dubl rasmiylashtirib g'alaba keltirgandi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, maxoratli futbolchi faoliyati davomida “CHilonzor”, “Metallurg”, “Navbahor”, “Paxtakor” kabi klublarda to'p tepdi. Merdeka kubogi uni ommaga tanitgandi.

Yarim final
O'zbekiston – Bahrayn 2:0
Gollar:
Bahodir Seytkamolov 89, 90.
O'zbekiston: Oleg Belyakov, Baxtiyor Ashurmatov, Oleg Sobirov, Ilya Klikunov (Leonid Koshelev, 72), Bahodir Seytkamolov, Aleksandr Xvostunov, Rashid G'ofurov, Andrey Vlasichev, Fevzi Davletov, Nematulla Quttiboev (Anvar Soliev, 33), Baxtiyor Hamidullaev (Bahodir Annamatov, 90)


Hal qiluvchi o'yinda hamyurtlarimizga Evropa vakili bo'lgan Bosniya va Gercogovina raqiblik qilgan. 84-daqiqada Leonid Koshelev ajoyib zarbasi bilan raqib darvozasi to'rini titratadi. Ammo, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda Velimir Brasnich Safonov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi va muvozanatni tiklaydi. Qo'shimcha ekstra taymlar yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Baxtiyor Hamidullaev oltin golni urib O'zbekistonga musobaqa g'olibligini olib bergandi. SHu kuni hakam bosniyaliklarning uch futbolchisini, biznikilardan bir futbolchi Baxtiyor Ashurmatovni maydondan chetlatgandi.


Final
O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 2:1
Gollar
: Leonid Koshelev 84, Bahtiyor Hamidullaev 119 - Velimir Brasnich 90+1.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Baxtiyor Ashurmatov, Oleg Sobirov (Bahodir Annamatov, 35), Asror Aliqulov, Ilya Klikunov (Leonid Koshelev, 80), Bahodir Seytkamolov, Aleksandr Xvostunov, Andrey Vlasichev, Fevzi Davletov, Anvar Soliev (Rashid G'ofurov, 75), Bahtiyor Hamidullaev.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика