Bir kuni Mourino Modrichni "Ellik yoshli Zidan" deb atadi. Luka bilan qanday voqea sodir bo'lgandi?
27 iyu 2022 19:01
Yangiliklar
Bir kuni Mourino Modrichni "Ellik yoshli Zidan" deb atadi. Luka bilan qanday voqea sodir bo'lgandi?
Joze Mourino Modrich bilan atigi bir mavsumni (2012/13) bir jamoada o'tkazdi, ammo bu xorvatiyani Jozening sevimli futbolchilaridan biriga aylanishi uchun etarli bo'ldi.
Uchrashuvlarning birida (Modrichning xotiralariga ko'ra, bu "Deportivo"ga qarshi bahs bo'lgan), ochiqchasiga jahli chiqqan Mourino tanaffusda Modrichning o'yinini tanqid qilgan:
"Luka, bu nimasi? Sen ellik yoshli Zidan kabi o'ynayapsan!"
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mourning koyishiga munosabat bildirdi:
"Men u nimani xohlayotganini tushundim. Texnik jihatdan yaxshi o'ynadim, lekin kerakli ritm hamda tezligim yaxshi emasdi. Mourino esa tajovuzkor, o'ta shiddatli o'yinni, to'p bilan va to'psiz muttasil yugurishni talab qilardi. Meni Zidan bilan taqqoslash, hatto, yoqimli edi. Albatta, bu gap o'rinli edi, chunki murabbiy ranjigandi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar