So’nggi yangiliklar

14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  13 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  9 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  14 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  32 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   1

Bilolxon Toshmirzaev: "SHo'rtan"ga qarshi bahsda bizga g'alaba juda zarur edi" Yangiliklar

Bilolxon Toshmirzaev: "SHo'rtan"ga qarshi bahsda bizga g'alaba juda zarur edi"

PRO-Liga 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan mezbonlar yarim himoyachisi Bilolxon Toshmirzaev bilan intervyu tashkil etdik.

- Bilolxon, "SHo'rtan"ga qarshi bahs haqida nimalarni ayta olasiz?
- Jamomizning "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvi ko'tarinki ruhda o'tdi deb ayta olaman. Ushbu bahsda barcha jamoadoshlarim maydonlarini borlarini berib harakat qilishdi. Mazkur o'yinda g'alaba bizga juda zarur edi, yakunda bu vazifani uddaladik. G'alabamizda muxlislarimizning ham hissalari katta bo'ldi, havo sovuq bo'lishiga qaramasdan ular stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishdi.

- Siz ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Aytingchi, bu sizga kelgusida qanday ishtiyoq beradi?
- Albatta, bunday etirof har bir futbolchi uchun yoqimli. Bu natija menga yana ko'proq shijoat bilan o'ynash masuliyatini yuklaydi. Nasib bo'lsa bundanda yaxshiroq o'yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand qilaman degan umiddaman.

- "Turon" jamoasi mazkur g'alabadan so'ng to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun imkoniyatni saqlab qoldi. So'ngi turda Farg'onada peshqadam "Neftchi" jamoasiga qarshi maydonga tushasizlar. Sizningcha, bu o'yin qanday bo'ladi?
- O'ylaymanki, bu uchrashuv final kabi bo'ladi. G'olib jamoa to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqishi o'yinning ahamiyatini yanada oshirib yuborishi tabiiy. Nasib bo'lsa ushbu uchrashuvda g'alaba qozonib, Superligaga chiqamiz. Ayni damda jamoamiz azolarining ruhiyati alo darajada.

- Ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lgan savol. Bilolxon Toshmirzaev qaerda tavallud topgan? Birinchi o'ynagan jamoangiz va futboldagi ilk murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Men asli Namangan viloyatida tug'ilganman. Birinchi murabbiylarim Faxriddin va Rashid Mamajonovlar hisoblanadi. Aynan Rashid Mamajonov meni "Paxtakor" futbol akademiyasiga olib borganlar. Professional futboldagi ilk jamoam Toshkentning "Obod" klubi bo'lgan.

- "Turon" jamoasi muxlislariga tilaklaringiz?
- Avvalo, muxlislarimizga stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchalariga sog'liq-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman. "Neftchi"ga qarshi hal qiluvchi o'yinda ham bizni stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lardim.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика