So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Bilasizmi? "Neftchi" bu yil yangi futbolchilarga ko'tarma puli bermadi Yangiliklar

Bilasizmi? "Neftchi" bu yil yangi futbolchilarga ko'tarma puli bermadi

Kecha Farg'onada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Neftchi" klubi raisi Komiljon Mirzaboev asosan moliyaviy masalalar yuzasidan bir qator savollarga javob berdi.
- Bu yil "Neftchi" safiga kelib qo'shilgan Igor Petkovichga 200 million so'm ko'tarma puli berilgani haqida aytilmoqda. SHu va umuman bu yilgi ko'tarma pullari haqida to'xtalib o'tsangiz?

- Darhaqiqat o'sha maqolada shu haqda yozib o'tilgan. Lekin bunga shunday javob berish mumkinki, bu yil tarkibimizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarning birortasiga ko'tarma puli berilmagan. Hattoki xorijlik o'yinchilar uchun ham. Lekin biz futbolchilarga jamoa oldiga qo'yilgan vazifa bajirilsa bonus berishni aytdik.

- Sir emaski mamlakatimizdagi boshqa klublar yangi kelayotgan o'yinchilarga malum miqdorda ko'tarma pullarini berishmoqda. Aytingchi, "Neftchi" klubi tajribali va legioner futbolchilarning olib kelayotganda bu ko'tarma pullarini qanday bekor qildi. Demoqchimanki futbolchilar sizlar vada qilgan bonusga qay tariqa ishonishdi?

- Futbolchilarni jamoaga murabbiylar shtabi taklif etadi. Ularga esa futbol agentlari tavsiya qiladi. Agarda murabbiy mana bu o'yinchi bizga kerak, buning uchun u bilan shartnoma imzolash kerakligini aytsa, rahbar sifatida men o'sha futbolchi bilan shartnoma tuzaman. Yangi o'yinchilarni ko'tarma pulisiz qay tarzda jamoaga olib kelib o'ynatish esa bu klubni ichki siri bo'lishi kerak. Asosiysi klub va futbolchi o'rtasida o'zaro ishonch yuzaga kelgan.

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика