Bilasizmi? “Fulad” O'zbekiston jamoalaridan faqat “Paxtakor”ga qarshi o'ynagan
18 mar 2014 14:30
Yangiliklar

Bilasizmi? “Fulad” O'zbekiston jamoalaridan faqat “Paxtakor”ga qarshi o'ynagan
Ertaga Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari yakuniga etadi.
“Bunyodkor” o'z maydonida Eronning “Fulad” klubini qabul qiladi. “Fulad” Eron chempionati tugashiga 3 tur qolganda musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Bu jamoa mamlakat chempionligini qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi.
OCHL yo'lga qo'yilganidan beri “Fulad” ikkinchi marta mazkur turnirda ishtirok etyapti. Jamoa OCHLda ilk bor 2006 yil qatnashgan va o'shanda guruh o'yinlarida “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borgandi. Eronliklar o'sha yili har ikkala bahsda ham mag'lubiyatga uchrashgan - Toshkentda 0:2, o'z maydonida 1:3. Endi forslar ertaga “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar