Bilasizmi? Bu turda faqat "Bunyodkor" safarda g'alaba qozondi
12 noy 2017 12:11
Yangiliklar
Bilasizmi? Bu turda faqat "Bunyodkor" safarda g'alaba qozondi
Oliy liganing 28-turida ettita o'yin o'tkazilgan bo'lsa, faqat bitta jamoa "Bunyodkor" safarda g'olib chiqishni uddaladi. "Bunyodkor" o'tgan turda Qo'qondan 5:2 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.
Boshqa o'yinlarning barchasida maydon egalari zafar quchishdi. Bundan tashqari, birgina "So'g'diyona"ni hisobga olmaganda, qolgan jamoalar safarda to'p kirita olmadi.
Bu yutuq "Bunyodkor"ning safardagi to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. Jamoa bungacha "Neftchi", "Nasaf" va "Dinamo"ni mag'lub etib qaytgandi. Yana shuni aytish lozim, "Bunyodkor" ushbu mavsum hisobidan birinchi marta bir o'yinda beshta gol urdi.
"Qo'qon-1912"ga kelsak, bu jamoa o'z maydonida uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha jamoa "Nasaf" va "Mashal"ga imkoniyatni boy bergandi. Qizig'i shundaki, qo'qonliklar "Mashal"dan 2:4 hisobida mag'lub bo'lishgandi, "Bunyodkor" bilan 2:5 qayd etildi.
Fikrlar