So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

B.Haydarov: “Uch o'yindan buyon gol urolmayotganligimiz pand berayapti” Yangiliklar

B.Haydarov: “Uch o'yindan buyon gol urolmayotganligimiz pand berayapti”

“Neftchi” – “Bunyodkor” (0:1) bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Neftchi” bosh murabbiyi Bahrom HAYDAROV va hujumchi Abdul Aziz YUSUPOV lar ishtirok etishdi.

-  Birinchi o'rinda stadionga bizni qo'llash maqsadida kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. Afsuski, ularning ishonchini oqlay olamadik. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Hamma ishlar g'alaba yo'lida amalga oshirildi.  Uchinchi o'yindirki, gol ura olmayotganimiz bizga pand bermoqda. Omad ham etishmayapti, deb o'ylayman. Yigitlar ortda qolgan barcha bellashuvlarda bor kuchi bilan to'p surishyapti. ”Bunyodkor”ga qarshi raqobat keskin kechdi. Ikki jamoa ham g'alaba ilinjida kurashdi. Toshkent klubi ayrim vaziyatlarda bizga nisbatan chaqqonroq bo'lgani  raqibga qo'l keldi. Ular imkoniyatlardan birini golga aylantirdi. Mavsum endi boshlandi. Etiborimizni navbatdagi bahsga qaratamiz.  “Bunyodkorga”ga qarshi tayyorgarlikdan ham kuchliroq hozirlik ko'ramiz. Ayni paytda oson o'yin qolmadi. Hujumchilar borasida oqsayapmiz. Asosiy hujumchilarimizdan biri Murod Bobojonovning jarohati bor. SHu sabab yarim himoyachilardan hujumchi sifatida foydalanyapmiz, - dedi Haydarov.


AbdulAzizYusupov:  -Teng o'yin bo'ldi. Futbolda gol urmasang, g'alaba ham bo'lmaydi. Afsuski, bugun biz gol ura olmadik. Natija uchun muxlislardan uzr so'raymiz. O'z ustimizda ishlaymiz va keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Ishqibozlarga rahmat. Ular bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика