Beylning agenti: "U ijara asosida hech qaysi klubga o'tmasligiga kafolat beraman"
24 iyu 2019 01:20
Yangiliklar
Beylning agenti: "U ijara asosida hech qaysi klubga o'tmasligiga kafolat beraman"
Real vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi ijara asosida hech qaysi klubga o'tmasligini ishonch bilan aytdi.
“Uni jamoadan olib ketish uchun hech qanday vaqtinchalik muzokaralar o'tkazilmaydi. Garet – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Men uning ijara asosida hech qaysi klubga o'tmasligiga kafolat bera olaman. Hozir u «Real» azosi hisoblanadi. Agar bizga to'g'ri keladigan nimadir paydo bo'lsa, unda voqealar o'zgarishi mumkin. O'shanda u ertasi kuni yoki bir haftadan so'ng ketadi. Beylning shartnoma muddati tugagunga qadar, yani, u uch yil davomida «Real» futbolchisi sifatida qolishi mumkin”, – 69 yoshli Barnett.
Fikrlar