Beyl maydonga qaytdi va birinchi o'yindayoq golli pas berdi
29 noy 2017 09:21
Yangiliklar
Beyl maydonga qaytdi va birinchi o'yindayoq golli pas berdi
Real yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya kubogi 1/16 finalida Fuenlabradaga qarshi o'yinda (2:2) maydonga tushdi.
28 yoshli uelslik futbolchi 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va Borxa Mayoralga golli pas berdi.
Eslatib o'tamiz, Beyl ikki oy jarohati tufayli maydonga tusha olmagandi.
Fikrlar