Beyl "Beyjing Goan"ga o'tgan taqdirda Xitoydagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylanadi
22 iyu 2019 12:06
Yangiliklar
Beyl "Beyjing Goan"ga o'tgan taqdirda Xitoydagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylanadi
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl navbatdagi Xitoy klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Czyansu Sunin"dan so'ng "Beyjing Goan" ham uelslik o'yinchini o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlab qoldi.
Pekin klubi futbolchining hozirgi maoshini to'lay oladigan yoki undan ham ko'p maosh to'laydigan klublardan biridir.
Xavbek "Real"da haftasiga 600 ming funt (669 ming evro) miqdorida maosh oladi.
Beyl faoliyatini "Beyjing Goan"da davom ettirsa, u Xitoydagi eng ko'p haq oluvchi o'yinchiga aylanadi. Hozirda esa bu maqom Esekel Laessiga tegishlidir.
Eslatib o'tamiz, transferlar oynasi Xitoyda 31 iyulda yopiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar