So’nggi yangiliklar

19:00ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — Эрон 0:0 (матнли трансляция)  39 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  43 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  45 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0

"Bersang eyman, bermasang o'laman" endi o'tmaydi Yangiliklar

"Bersang eyman, bermasang o'laman" endi o'tmaydi

Mavsum qanday chiroyli boshlanganini bir eslang-a. Birinchi liga Pro-ligaga, Oliy liga Superligaga o'zgarishi muxlislar nazdida qandaydir yangilik bo'lgandi.

Avvalo jamoalar soni qisqardi. Dastlab Superliga, undan keyin Pro-liga yangicha formatda ishlab chiqildi. SHu paytgacha o'tkazib kelingan ikki davrali klassik tizimdan voz kechilib, “oltin ochkolar” va “pley-off” qoidasi joriy etildi. Bu esa muxlislarning yanada qiziqishi ortishiga hamda stadionga qaytishi uchun etarli sabab bo'ldi deya olamiz.

Hammasi yaxshi ketayotgandek, to'g'ri hozir ham joyida, o'yinlar yaxshi bo'lyapti, odamlar kiryapti, ammo negadir oldingidek emas. Mavsum endi boshlangan kezlari ajiotaj ancha yuqori edi. PFL klublar yaxshi o'ynasin, puldan kamchilik ko'rmasligi uchun klub homiylariga rasmiy xat orqali chiqib yillik byudjet 25 milliard so'mdan kam bo'lmasligi haqida qatiy talab qo'ydi. Bundan klublarning ko'zi nihoyatda quvongani bor gap. Axir 25 mlrd. so'm hazilakam pul emas. Bu pulga bemalol ikkita chempion tarkibni tuzsa bo'ladi.

Ammo vaziyatga real qarasak, deyarli hech bir klub hisobida bu summa yo'qligini ko'ramiz. Aksar jamoalarning hamon moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani bor gap. Va bu klublar orasida “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi chempionlikka o'ynaydigan jamoalarning borligi dilga og'ir botadi. CHunki ular bu bilan go'yoki hozirdanoq taslim bo'lganday xavotir uyg'otmoqda. Hatto natijalar ham shuni ko'rsatayotgandek. “Bunyodkor”-ku bir amallab qiyinchiliklarni ichida saqlab turishga urinyapti, ammo “Nasaf” tomonidan klub rasmiylarining “ha, shunday bo'lyapti” qabilida ochiqchasiga bayonot berilishi taqdirga tan berilganiga o'xshab qoldi.

“Nasaf”da pulsizlik muammosi yil boshida aytila boshlangandi. Bir nechta asosiy tarkib futbolchilarning “Paxtakor”ga o'tib ketishiga ham pul sabab bo'ldi. Yo'qsa ular “Nasaf” uchun yana o'ynab berishga tayyor edilar. Va bir tomondan “Paxtakor”ga kelib to'g'ri qilishdi: birinchidan, bu erda chempionlik uchun kurashadilar, ikkinchidan, agar yana “Nasaf”da qolishganida nima bo'lardi, klub ularga oylik maosh to'lay olarmidi, bu ham alohida masala.

“Bunyodkor” moliyaviy ahvol sabab tarkibni yoshartirib yubordi. Mirjalol Qosimov murabbiy bo'lgach hatto “Obod”da o'ynashga majbur bo'lgan Anvar G'ofurovni tarkibga qaytardi, yil boshida atigi uchta futbolchi (shundan ikkitasi “Metallurg”dan) qo'shib olindi. Klubda pul yo'qligini jamoaga birgina legioner Filipp Rayevac kelganidan bilsa bo'ladi. Oldingi “Bunyodkor”ni bir eslang-a, legionerlar limitidan to'liq foydalanibgina qolmay, doim eng yaxshilarni taklif qilardi.

Ammo ko'ryapmizki, har bir davrning o'z yakuni bo'lar ekan. Futbolda hech kim abadiy emas. Vaziyat tez-tez o'zgarib boradi. Biror klub bilan ertaga nima yuz berishini aytish qiyin. Bugun maqtalayotgan jamoa ertaga pastga qarab sho'ng'ishi, yoki bugun qiyinchilik ko'rayotgan klub ertaga yirik sarmoyador qo'liga tushib qolishi hech gap emas. SHunday ekan, buyog'iga klublarning har qanday holatga tayyor turishlariga to'g'ri keladi.

O'FA va PFL xuddi shuni sezgandek yil boshida dadil harakat qildi. O'tgan yilning oktyabr oyidan klublarni licenziyalashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. PFL eng avvalo klublar o'ynaydigan uy stadioni klub balansida bo'lishi uchun ko'p ter to'kdi. Nima uchun? CHunki klub o'z stadionidan har doim, hatto o'yin yo'q kunlari ham foydalansin degan maqsadda. PFL klublarni xususiy bo'lishga chaqiryapti deya olmaymiz, bunga hali erta, biroq klublar erkin faoliyat olib borishi uchun bir qator yangiliklarga qo'l urayotgani bor gap.

Mana shuning uchun ham stadion atrofidagi temir to'siqlar olib tashlanyapti, mana nima uchun o'yin kunlari attrakcionlar qo'yilyapti, velosiped haydashga mo'ljallangan yo'lakchalar barpo etilyapti, stadionga kiraverishda egulik va klub atributikalari sotiladigan do'konlar faoliyati talab qilinyapti. Bularning hammasi klub sekin-asta o'z-o'zini taminlashga o'tishi uchun emasmi? Albatta, hozircha bu kabi savdo-sotiqdan tushadigan pullar hech narsa bo'lmasligi mumkin, lekin toma toma ko'l bo'lur degan gap bejiz aytilmaganini unutmaylik.

Ana endi marketing va matbuot davri keldi, ana endi klublarning yirik kompaniya qo'liga qaram bo'lib qolmasdan o'z-o'zini taminlash bosqichiga o'tayotgani kuzatilyapti. Albatta, “O'zbeknetegaz” juda katta tashkilot hisoblanadi. “Nasaf” bosh homiysi “SHo'rtangazkimyo” majmuasi ham shu kompaniyaga qarashli ekanini bilamiz. Lekin bugungi kunda Superligining beshta klubini “boqayotgan” “O'zbeknetegaz” yana nima qilsin. Zamondosh sifatida siz ham yaxshi bilasiz, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich tomonidan obod Vatan qurish loyihasi joylarda keng tadbiq qilinyapti.

SHuni hisobga olib “O'zbeknetegaz” ham boshqa yirik kompaniyalar qatori davlatimiz rivoji uchun turli ishlarga bosh-qosh bo'lmoqda. Buyoqda chekka qishloqlarni ko'tarish kerak, o'quvchilarning bilim olishini taminlash, ishsizlikni yo'qotish, sifatli yo'llar, ko'rkam binolar barpo etish - bularni bir kishi bajara olmaydi. Qolaversa xalqning dardi faqat futbol emas! Prezidentimiz klublar qiynalmasligi uchun yangi qaror chiqarib klublarni bir qator soliqlardan ozod etdi. Endi buyog'iga klublarning o'zi ham harakat qiladigan payt kelmadimi? Axir “bersang eyman, bermasang o'laman” degan bilan nimayam bo'lardi. 

Mana yaqinda bir xabar tarqaldi: “Nasaf” Aziz G'anievning transfer summasini 10 milliard so'm qilib belgilabdi. Maoshini vaqtida ololmay yurgan Jasur Hasanovning “So'g'diyona”ga o'tib ketganini eshitdik. Balki yozgi transfer paytida Dragan CHeran ham “Nasaf”dan ketar. Albatta, bularning hammasi moliyaviy holatga borib taqalyapti. G'anievning shartnomasi borligi uchun klub 10 mlrd. so'm so'rashdan hayiqmayapti. Marhamat, pul kerakmi sotsin, “So'g'diyona”ga futbolchi kerakmi, sotib olsin. Bundan keyin tekin quyruq faqat dalada bo'ladi, shekilli.

Gapning indallosini aytganda, ko'pchilik ishqibozlar qatori biz ham “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi klublarning kelajagidan xavotirdamiz. Ammo hozir ularga achinishning payti emas. Qalovini topsang qor ham yog'adi deganlaridek, hozir nimadir ish qilib olsa bo'ladi, klublarning qo'lini hech kim bog'lab qo'ygani yo'q, hamma o'z aravasini tortishga harakat qilyapti. Hatto homiylar ham ochiqchasiga biz sizlarga 10 milliard bera olamiz, boshqa pulimiz yo'q deb aytayotganiga nima deysiz.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика