So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Berdiyor Mamirov: “Kelajakda “Zomin” jamoasi albatta oliy ligada o'ynaydi” Yangiliklar

Berdiyor Mamirov: “Kelajakda “Zomin” jamoasi albatta oliy ligada o'ynaydi”

O'zbekiston Birinchiligi 13-turidan o'rin olgan “Uz-Dung-Ju” – “Zomin” markaziy uchrashuvi oldidan “Zomin” jamoasi yordamchi murabbiyi Berdiyor Mamirov klub matbuot kotibiga intervyu berdi.

-   Berdiyor aka, “Zomin” jamoasi 5 ta turdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayapti. Bunga qanday izoh berasiz?
-   Biz 5 ta turdan beri g'alaba qozoniyotganimizning sababi xar bir uchrashuvga jiddiy tayorgarlik ko'rayotganligimizdir. Jamoada ichki muhit va tartib-intizom yaxshiligi natijasida jamoa oxirgi uchrashuvlarda g'alaba qozonishmoqda. Uchrashuvlarga raqibimiz musobaqa jadvalida qanday o'rinda bo'lishidan qatiy nazar jamoamizni faqat va faqat g'alaba qozonish uchun tayorlaymiz.  

-   Jamoa tarkibida Oliy liga jamoalarda to'p suradigan nomzodlar bor. Azamat Abdullaev, SHoxruxjon Eshbo'taev, Ubaydullo Nabiev, Sardor Inomjonov va Dostonbek Toshmatov kabi jamoa etakchilari keyingi yili Oliy liga jamoalariga o'tsa, Oliy liga bahslarida o'ynab keta oladimi?
-   Albatta. Bu o'yinchilar hozirgi kunda jamoa etakchilari xisoblanadi. Agar keyingi yili bu o'yinchilar Oliy liga jamoalariga o'tsalar albatta o'sha jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanishi mumkin.

-   Birinchi liganing ikkinchi bosqichiga kelib musobaqa jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Demak, jamoa Oliy ligaga chiqish niyati bor. To'g'rimi?  
-   Oliy liga – bu kuchlilar bellashadigan musobaqadir. Sizga boya aytganimdek biz har bir uchrashuvga jamoani g'alaba qozonish uchun tayyorlaymiz. Xoh mehmonda bo'lsin, xoh uydagi uchrashuvda. SHunday ekan biz oliy ligaga chiqish emas, muxlislar uchun o'ynaymiz. Eng muhimi jamoa g'alaba qozonganda har bir muxlis uyida bayram bo'lishini xohlaymiz. Va shuni aniq aytishim mumkinki kelajakda “Zomin” jamoasi albatta oliy ligada o'ynaydi.

-   Bilamizki, “Zomin” jamoasining uy uchrashuvlari Zomin markaziy o'yingohida o'tkaziladi va aynan shu o'yingoxda o'tkazilgan uchrashuvlarda “Zomin” jamoasi g'alaba qozonmoqda. Aksar uchrashuvlardan so'ng raqib jamoa azolari tomonidan maydon chimidan narozi bo'lishmoqda. Aslida maydon chimi qay xolatda?
-   Mavsum boshida maydon chimi alo darajada edi. Lekin mavsum o'zgarishi natijasida chim biroz asl xolatini yo'qotdi. Birinchi liga baxslari tugagandan so'ng maydon chimi to'liq almashtiriladi. Jamoaning uy uchrashuvlarida g'alaba qozonishi bu - o'z muxlislari yonida o'ynaganidir. O'z uyingda devorlar xam yordam berishadi deb bekorga aytilmagan.   

-   Keyingi 13-turda sizlar uchun eng muhim uchrashuv kutib turibdi. Raqiblaringiz xaqida qanchalik malumotga egasizlar. Jamoa “Uz-Dung-Ju” jamoasi ustidan g'alaba qozonishga tayyormi?
-   Raqiblarimiz bilan birinchi bor to'qnash kelayotganimiz yo'q. “Uz-Dung-Ju” jamoasi haqida to'liq malumotga egamiz. Raqiblarimizga qarshi puxta tayyorlandik. Zominda o'tkazilgan uchrashuvda biz g'alaba qozongan edik. Andijonda ham bizning yigitlar uyaltirmaydi deb umid qilaman.   

-   Mazmunli suhbatingiz uchun raxmat.
-   Raxmat.

“Zomin” PFK matbuot kotibi Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика