Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Raulni quvib o'tdi, oldinda esa faqat bir futbolchi bor
11 avg 2022 08:00
Yangiliklar
Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Raulni quvib o'tdi, oldinda esa faqat bir futbolchi bor
UEFA Superkubogi-2022 uchun bahsda “Real” David Alaba va Karim Benzemaning gollari evaziga “Ayntraxt”ni engib, beshinchi marotaba ushbu titul sohibiga aylandi.
Benzema madridliklar safidagi umumiy gollari sonini 324 taga etkazib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Raul Gonsales (323)ni ortda qoldirdi. Ulardan oldinda esa Krishtianu Ronaldu (450) bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli francuz “qaymoqranglilar” sharafini 2009 yildan beri himoya qilib keladi. U 606 ta o'yinda qatnashib, 159 ta assistni ham o'z hisobiga yozdirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar