Benzema derbida ishtirok etishi mumkin
06 mar 2021 20:11
Yangiliklar
Benzema derbida ishtirok etishi mumkin
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Karim Benzemaning jarohatdan keyin tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
Uchta o'yinni o'tkazib yuborgan 33 yoshli hujumchi Madrid derbisi arafasida umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
"Karimning biz uchun qanchalik muhimligini bilamiz. Ertaga u jamoa bilan birga bo'ladi. Bu bizning taktik sxemamiz uchun juda muhimdir, ayniqsa, to'pni boshqarish haqida gap ketganda. SHubha bo'lishi menga yoqmaydi. Karimning sog'lig'iga xavf solmaymiz. 100 foiz tayyor bo'lganlargina o'ynaydi", - dedi Zidan.
Futbolchi klub matbuot xizmati tomonidan "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasidan o'rin olgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar