Benzema: "Anchelotti mening ustozim ekanligidan xursandman"
26 avg 2022 19:33
Yangiliklar
Benzema: "Anchelotti mening ustozim ekanligidan xursandman"
Kecha "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema UEFA tomonidan 2021/2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Futbolchining fikricha, shaxsan uning uchun CHempionlar Ligasining PSJga qarshi javob uchrashuvi mavsumdagi eng yaxshisi bo'ldi.
"O'shanda muxlislarimiz o'zlarini fantastik tarzda ko'rsatishdi va natijaga erishishimizda yordam berishdi. Anchelotti – dunyoning eng yaxshi murabbiyi, katta professional. Bu inson menga ishonch bag'ishlaydi. U mening ustozim ekanligidan xursandman.
Ayni paytda juda baxtiyorman. Bu sovrinni birinchi marta olishim, lekin men uchun eng muhimi – jamoam bilan sovrinlarni yutish", – dedi franciyalik forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar