Belsa: "Futbol yildan-yilga yomonlashib, tijoratlashtirish yo'lidan ketmoqda"
29 noy 2021 21:43
Yangiliklar
Belsa: "Futbol yildan-yilga yomonlashib, tijoratlashtirish yo'lidan ketmoqda"
"Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsa futbolning sport turi sifatida rivojlanishi haqida gapirib, rasmiylar uzoq muddatli rejalarida noto'g'ri yo'nalish tanlayotganini aytdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, ayni damda futbol tijoratlashtirish yo'lidan ketmoqda, bu esa boshqa jihatlarga salbiy tasir ko'rsatmoqda.
"Professional futbolning kelajagiga shubham bor. U yildan-yilga yomonlashmoqda", — dedi Belsa.
Argentinalik mutaxassis turli musobaqalar tashkilotchilarining asosiy xatolaridan biri taqvimning tirbandligi deb atagan. Masalan, FIFA hozirdanoq har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazishni boshlab, muammoni yanada kuchaytirishga urinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar