Belerin: "Barselona" loyihasi natija bera boshlashi uchun vaqt kerak"
07 noy 2022 15:39
Yangiliklar
Belerin: "Barselona" loyihasi natija bera boshlashi uchun vaqt kerak"
Kataloniyaning "Barselona" klubi qanot himoyachisi Ektor Belerin "ko'k-anorranglilar" loyihasi haqida gapirdi.
"Men doim Klopp va Gvardiolaning Angliyadagi ishlariga etibor qarataman. Axir, ular sayohatning boshida g'alaba qozonishmadi, lekin vaqt o'tishi bilan ular ikkita ajoyib loyihani qurishdi. "Barselona"da hozir ishtiyoq bor. Natija bera boshlashi uchun vaqt kerak. Biz Xaviga to'liq ishonamiz, u jamoa uchun qoyilmaqom murabbiy", – dedi Belerin.
"Barselona" Ispaniya chempionati 13-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. SHu bilan birga, jamoa CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, guruh bosqichidan o'ta olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar