Bekxem Ronalduni qo'llab-quvvatladi va uni o'z klubiga taklif qildi
16 noy 2022 18:06
Yangiliklar
Bekxem Ronalduni qo'llab-quvvatladi va uni o'z klubiga taklif qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Amerikaning "Inter Mayami" klubi xo'jayini Devid Bekxem mankunianlar hujumchisi Krishtianu Ronalduni o'z jamoasiga chaqirmoqda.
Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 37 yoshli portugaliyalik shov-shuvli intervyu berib, ingliz klubi rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Hagani tanqid qilgandi.
Bekxem "Manchester Yunayted" o'z futbolchisiga hurmatsizlik ko'rsatdi, deb hisoblaydi. SHuningdek, Ronalduni tanqid qilgan "qizil iblislar" sobiq futbolchilarini ham qoraladi.krishtianu r
Ronaldu joriy mavsum Angliya jamoasi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisining mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar