So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  21 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  224 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Beyl vs Neymar hisob-kitoblari Yangiliklar

Beyl vs Neymar hisob-kitoblari

Mavsum avvalida ikkita eng katta shov-shuvli transferlar amalga oshirilgan edi. "Real" Beylni, "Barselona" esa Neymarni tanlagan edi.

Kuni kecha Ispaniya kubogi finalida "Real" - "Barselona" jamoalari o'zaro bahslashishdi. Finalda Ronaldo maydonga tusha olmaganidan xabaringiz bor. Ronaldoning eng katta raqobatchisi Lionel Messi esa kechagi o'yinda maydonda harakat qildi. Lekin ko'pchilik ushbu futbolchini nechinchi o'yindirki maydonda "ko'rmayapti". Ispaniya finalidagi "El klasiko"da bu safargi katta qarma-qarshilik Messi - Ronaldo bo'lmadi. Biri maydonga tusha olmadi va yana biri o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsata olmayapti. Mavsum avvalida "Real" o'z safiga Garet Beylni, "Barsa" esa Neymarni sotib olishgan edi. Ushbu transferladan keyin "El klasiko"da yangi katta-kichik Beyl - Neymar qarama-qarshiligi paydo bo'ldi. Tabiiyki, ushbu ikki futbol yulduzlarining ko'rsatayotgan o'yinlari va transfer so'mmasi ko'pchilik tomonidan muhokama qilina boshlandi va haligacha bu mavzu davom etib kelmoqda.


Kechagi finalda eng asosiy figura Ronaldo-Messi emas, balki Neymar - Beyl bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Eng qizig'i, Ispaniya kubogi finali taqdirini aynan biz sanab o'tgan futbolchilardan birining ajabtovur harakatiyu, aql bovar qilmas tezligi evaziga kiritilgan super goli hal etgani ham etiborga molik. Kim kuchli Beyl yoki Neymar? Bu savolga har kim har xil javob berishi mumkin. Lekin statistika bunga aniqroq va batafsilroq javob bera olishi mumkin. SHunga asoslanib qandaydir xulosa chiqarsa bo'ladi. Statistikaga o'tishdan oldin esa bir narsaga etibor qaratib o'tishni istardim. Kechagi finalda "Real" o'zining asosiy yulduzi Ronaldosiz o'ynadi. Lekin uchrashuvga so'nggi nuqtani qo'yishda uning jamoadoshi Beyl faollik ko'rsatdi va Krishtianoning yo'qligini bildirmadi. Neymar esa Messi bilan birga maydonga tushdi. Unda ham imkoniyatlar bo'ldi. Ammo Garet singari bu vaziyatlardan naf chiqara olmadi. Ayniqsa uchrashuv so'nggidagi zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgani "Barselona" muxlislari yuraklarini bir o'ynatib o'tdi. Balki Ronaldonining o'ynay olmagani Beyl uchun foydali yoki qo'shimcha kuch bilan harakatlanishiga asosiy sabablardan biri bo'lgandir. Neymarda esa aksincha. Messining maydonda borligi uning o'zini to'liq ko'rsatishiga to'sqinlik qilayotgandir. Bu endi boshqa masala. Garet Beyl kechagi o'yin qahramoni sifatida o'z jamoasi bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi va unda bu sovrinlar sonini oshirish imkoniyati yana saqlanib qolgan. Neymarda esa aksincha. Unda faqatgina Ispaniya chempionligini qo'lga kiritish imkoniyati bor. U ham bo'lsa juda kam miqdorda. Qolganini esa vaqt qo'rsatadi. Biz esa ushbu futbolchilarning statistikalariga nazar solamiz. Aslida qaysi futbolchi o'z transferini oqlab, jamoasiga foyda keltirmoqda?


Garet Beyl - Ispaniya chempionati
O'tkazgan o'yinlari: 25
O'tkazgan daqiqasi: 1889
Gollari: 14
Golli uzatmalari: 12
To'p uzatish aniqligi: 76%
Darvoza tomon zarbalari: 64
Darvoza tomon aniq zarbalari: 29
To'p uzatmalari: 659

Garet Beyl - Ispaniya kubogi

O'tkazgan o'yinlari: 5
O'tkazgan daqiqasi: 387
Gollari: 1
Golli uzatmalari: 0

Garet Beyl - CHempionlar ligasi

O'tkazgan o'yinlari: 9
O'tkazgan daqiqasi: 646
Gollari: 5
Golli uzatmalari: 3
To'p uzatish aniqligi: 82%
Darvoza tomon zarbalari: 26
Darvoza tomon aniq zarbalari: 12
To'p uzatmalari: 231

Jami o'tkazgan o'yinlari: 39
Jami gollari: 20
Jami golli uzatmalari: 15



Neymar - Ispaniya chempionati
O'tkazgan o'yinlari: 25
O'tkazgan daqiqasi: 1711
Gollari: 9
Golli uzatmalari: 8
To'p uzatish aniqligi: 84%
Darvoza tomon zarbalari: 54
Darvoza tomon aniq zarbalari: 30
To'p uzatmalari:  945


Neymar - Ispaniya kubogi

O'tkazgan o'yinlari: 3
O'tkazgan daqiqasi: 208
Gollari: 1
Golli uzatmalari: 0



Neymar - CHempionlar ligasi

O'tkazgan o'yinlari: 10
O'tkazgan daqiqasi: 774
Gollari: 4
Golli uzatmalari: 3
To'p uzatish aniqligi: 86%
Darvoza tomon zarbalari: 26
Darvoza tomon aniq zarbalari: 13
To'p uzatmalari: 419

Jami o'tkazgan o'yinlari: 38
Jami kiritgan gollari: 14
Jami golli uzatmalari: 11

Statistika shuni aytmoqdaki, ayni paytda Beyl o'ziga ishlatilgan pullarni oqlamoqda.
Futbolchilarning o'zaro taqqoslaganda, katta farq bilan "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi ustunlik qilmoqda. Florentino Peres futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi qilgan Garet Beyl ayni paytda juda alo darajadagi formada. lekin Hali oldinda Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasidagi hal qiluvchi muhim o'yinlar kutib turibdi. Asosiy masalalar endi hal bo'ladigan palla yaqinlashmoqda. Neymar esa endi bor kuch-g'ayratini primeroda sarflashiga to'g'ri keladi. Bu ikki futbolchini iqtidoriga shak-shubha bo'lishi mumkin emas. Debyut mavsumda esa Garet Beyl ko'proq yorqinroq o'yin ko'rsatmoqda.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика