Behruz Asqarov: "Paxtakor" yoshargani bilan baribir "Paxtakor" bo'lib qolaveradi"
10 mar 2024 11:45
Yangiliklar
Behruz Asqarov: "Paxtakor" yoshargani bilan baribir "Paxtakor" bo'lib qolaveradi"
Ilk turda "sherlar" "Surxon" ustidan yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, keyingi o'yinda "Nasaf" bilan kutilganidan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Jamoaning yarim himoyachisi Behur Asqarov "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Umuman olganda har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Raqibni o'rganamiz. "Nasaf"ning o'yin uslubini ko'rib chiqdik. Ko'rdingiz g'alabaga yaqin keldik. Murabbiylarning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilmoqdamiz. Qolaversa, "Nasaf" ham yaxshi o'ynadi. Endi 2-tur o'tdi. Hali mavsum oldinda. Bo'shashmasligimiz kerak. "Paxtakor" yoshargani bilan baribir "Paxtakor" bo'lib qolaveradi.
Qo'limdan kelgancha jamoaga yordam berishga intilmoqdaman. Alijonov, CHeran, Sobirxo'jaev, Hamdamov kabi etakchilar yonida to'p tepish ancha oson. Ulardan o'rganadigan narsalarim ko'p. Bu men uchun yaxshigina tajriba bo'lyapti",- deydi Behruz Asqarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar