So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Baxtiyor Yoqubov: “Paxtakor”dan ochko olish ilinjida edik Yangiliklar

Baxtiyor Yoqubov: “Paxtakor”dan ochko olish ilinjida edik

Kecha oliy liganing 9-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (2:1) bahsidan so'ng mehmonlar tomonidan kiritilgan yagona gol muallifi Baxtiyor Yoqubovning o'yin haqida fikrlari bilan qiziqdik.
- Paxtakor chempionat peshqadami. Tarkib jihatdan ham ancha kuchli jamoa. SHuni bilgan xolda o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki Toshkentdan ochko bilan qaytishni maqsad qilgandik,  - deya gap boshladi Baxtiyor Yoqubov.

- O'zinglar ham ko'rgan bo'lsanglar kerak, uchrashuv kutilganidek qiyin kechdi. Lekin biz faqat g'alaba uchun o'ynadik. Buning uchun barchamiz oxirigacha kurashdik. Biroq uchrashuv bosh hakamining qarorlari zararimizga ishladi. Ular haqida ko'p gapirishni istamayman. Maydonda nima yuz berganini hamma ko'rdi. Munosib bahoni muxislar bergani maqul.

- Butun uchrashuv davomida tengma-teng o'ynab, so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchrash alamli bo'lsa kerak. Boz ustiga penaltidan?
- Albatta. Yigitlarning butun uchrashuvda qilgan mehnati yakunda besamar ketgani achinarli. Bu o'yin bilan kamida durangga loyiq edik.

- Penalti borasida fikringiz qanday?
- Himoyachimiz Rijko o'sha vaziyatda raqib futbolchisi bilan to'qnashdi.U ataylab raqibiga urgani yo'q. Nazarimda, bu vaziyatda hakam penalti bermasa ham bo'lardi.

- Umuman olganda bosh hakam to'g'risida fikringiz qanday?
- Hakamning so'nggi daqiqalarda penalti bergani uchun etiroz bildirmayman. Undan oldingi holatlarda ham hakam ayrim qarorlari bilan bizni hayron qoldirdi. Xususan himoyachimiz Rahmatullo Berdimurodovga ikkinchi sariq kartochkani berish kerak emasdi deb o'ylayman. CHunki Berdimurodov o'sha vaziyatda maydonda paydo bo'lib qolgan ikkinchi to'pni tashqariga tepib yubordi. CHunki darvozabonimiz boshqa to'pni olib o'yinga kiritayotgandi. Hakam esa Rahmatulloni ogohlantirib o'tirmasdan ikkinchi “sariq”ni berib maydondan chetlatdi.

- Ushbu yo'qotishdan keyin sizlarga yanada qiyin bo'lgandir?
- Albatta. Safarda bir kishi kam bo'lib o'ynash oson emas. Boz ustiga “Paxtakor”dek jamoaga qarshi 10 kishi bo'lib to'p tepish qiyin. Lekin shunga qaramay bahs oxiriga qadar hammamiz ochko olish ilinjida o'ynadik.

- "Navbahor" tarkibi bu yil yangidan shakllantirilgan bo'lishiga qaramay, jamoa turnir jadvalida yuqori o'rinlardan birini egallab turibdi. Ayting-chi, jamoa bunga qanday erishmoqda?

- Darhaqiqat, tarkib bu yil tuzildi. Jamoaga yaxshi va shu bilan birga yuqori saviyadagi o'yinchilar olib kelingan. Hamma bir-biri bilan ahil-inoq. Xuddi bir oiladek. Bunday bo'lishida tabiiyki bosh murabbiyning o'rni katta. CHunki Baxtiyor aka Ashurmatov qisqa vaqt ichida Namanganda kurashchan jamoa tuza oldi. Hamma futbolchilar uchrashuvga jiddiy qaraydi va ijobiy natija yo'lida bor kuchini berib o'ynamoqda.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика