Baxtiyor Yoqubov: "Buxorodagi g'alaba Ashurmatovning tug'ilgan kuniga munosib sovg'a bo'ldi"
24 mar 2014 18:55
Yangiliklar

Baxtiyor Yoqubov: "Buxorodagi g'alaba Ashurmatovning tug'ilgan kuniga munosib sovg'a bo'ldi"
Kecha oliy liganing 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Safarda to'p tepgan "Navbahor" futbolchilari shunga qaramay "Buxoro"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib mavsumdagi dastlabki g'alabasini tantana qildi. O'yindagi ikkinchi gol muallifi Baxtiyor Yoqubov bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Garchi "Buxoro"ni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsakda, g'alabaga osonlikcha erishdik deya olmayman. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Raqib jamoa ham yomon emas.
- Aslida ham "Buxoro"ga faqat g'alaba uchun borgandik. CHunki birinchi turda o'z maydonimizda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berganimizdan keyin safarda uch ochkoni qo'lga kiritish juda muhim edi. Qolaversa 25 mart kuni bosh murabbiy Baxtiyor aka Ashurmatovning tug'ilgan kuni. U kishiga munosib sovg'a tayyorlash maqsadida barcha yigitlar bir yoqadan bosh chiqarib g'alaba uchun astoydil harakat qildik. Xudoga shukur niyatimizga etdik.
- Zaxiradan tushganimning sababi bu o'yindan oldin tug'ishgan opam olamdan o'tib qolgandi. SHu sababli malum muddat mashg'ulotlarda ishtirok eta olmagandim. Gol urganimga keladigan bo'lsak, bu tasodif. Hammasi omadga bog'liq.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar