So’nggi yangiliklar

17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  0 17:35Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  2 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  1 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  9 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0

Baxtiyor Hamidullaev: "Bugungi muvaffaqiyatni jamoamizning haqiqiy g'alabasini kutgan insonlarga bag'ishlaymiz. Sababi..." Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Bugungi muvaffaqiyatni jamoamizning haqiqiy g'alabasini kutgan insonlarga bag'ishlaymiz. Sababi..."

Superliga 17-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Buxoro” (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




“Oldingi intervyularda aytganimdek, “Buxoro” ham yuz foiz kuch bilan o'ynashi kutilgan edi. Sababi biz turnir jadvalida yonma-yon turgan edik. Bugungi o'yin har ikki jamoa uchun hayot va mamot jangi hisoblanardi. Yigitlar ko'rsatmalarimizni to'g'ri tushunib, harakat qilishmoqda. “Buxoro” ham yaxshi jamoa. Bitta g'alabadan bo'shashish kerak emas. Navbatdagi o'yinlarda yanada yaxshiroq harakat qilib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Farhod Bekmurodovni o'zining poziciyasi bor. Keyingi o'yinlarda uning poziciyasi o'zgaradi. SHu vaqtgacha nechta o'yin o'tkazgan bo'lsak, Xushnudbek Avilovni eng yaxshi himoyachilarimizdan deb bilaman. Keyingi o'yinlarda boshqacha tarkib tushishi mumkin.

O'yindan oldin Nodir Mavlonov penaltini tepishi rejalashtirilgan edi. Agar u bo'lmasa, Usmonali Ismonaliev tepishi kerak edi. Nodir Mavlonovni birinchi bo'limdan so'ng almashtirishga majbur bo'ldik. 

Jamoamizda legionerlar katta maosh olishardi. Ularning yordami o'zimizning mahalliy futbolchilarnikidek tegmasligini sezib turgan edik. SHuning uchun legionerlar bilan ikki tomonlama shartnoma bekor qilindi.

“Istiqlol” jamoasini yopilgani haqida kechagina bizga xabar keldi. Bu jamoadagi futbolchilar boshqa jamoalarga o'tishi mumkin. Lekin biz hali ularning o'yinlari diskini ko'rmagandik. Ularning sifatlari haqida tushunchaga ega edik. 

Bugungi muvaffaqiyatni jamoamiznining haqiqiy g'alabasini kutgan insonlarga bag'ishlaymiz. Sababi, jamoamiz ichida ham, tashqarisida ham bu yutug'imizga qarshilar ko'p edi”, - deydi Hamidullaev. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика