So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Baxtiyor Hamidullaev: "Bekobodga bir ochko uchun kelgandik. Diyor Mirzaboevning muammosidan xabarim yo'q" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Bekobodga bir ochko uchun kelgandik. Diyor Mirzaboevning muammosidan xabarim yo'q"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev o'z fikrlarini bildirdi.




"Metallurg" ajoyib jamoa. Andrey SHipilov bilan anchadan buyon tanishmiz, birga o'ynaganmiz. Raqibdan xavfsiraydigan jihatlarimiz bor edi. Bugun bir ochko uchun kelgandik, maqsadimizga etdik. O'ylashimcha chiroyli o'yin bo'ldi, - deydi Hamidullaev. 

- Yaqinda jamoani legionerlar tark etdi. SHundan keyin jamoa o'tgan tur g'alaba qozondi, bugun safarda g'alabaga teng durang qayd etildi. Barchasiga legionerlar "aybdormidi"?

- Bir tomondan ha. Boshqa tomondan men jamoani qabul qilib olganimdan keyin futbolchilar jismonan juda yomon holatda ekanligini ko'rdim. Bir yo'nalishni tanlab oldik va mashg'ulotlarda barcha yigitlar bor kuchi bilan ishlashmoqda. Mahalliy futbolchilar bilan birga ham natija qilsa bo'lar ekan.

- Eshitishimizga qaraganda jamoani tark etgan murabbiy Diyor Mirzaboev maoshlarini ololmagani uchun O'FAga arz qilgan ekan. Bu qanchalik rost?

- To'g'risi bu haqda sizdan eshitayapman. Meni ishim futbolchilarni shug'ullantirish, bu savolni boshqa odamga bersangiz to'g'ri bo'lardi.

- Jamoaga eronlik murabbiy kelishi haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bu mish-mishmi?

- Bu faqat mish-mish. Bu narsani ham sizdan eshitdim.

- Jamoaning moliyaviy ahvoli yaxshilandimi?

- Albatta yaxshilandi. Yangi rahbariyat jamoani 3 oylik qarzlari bilan birga olgan. Ikkita oylik berildi, o'tgan turdagi g'alaba uchun mukofot pullarini olib bo'ldik. Hozir moliyaviy muammo yo'q.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика