So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  3 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Yuqori o'rinlarni ko'zlasak, bunday bahslarda g'alaba qozonishimiz lozim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Yuqori o'rinlarni ko'zlasak, bunday bahslarda g'alaba qozonishimiz lozim"

Superliga 18-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912"(2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Gapni ochig'i, bugungi o'yindan keyin biror fikr bildirish qiyin. CHunki, yigitlar o'zlarini o'yinga bag'ishlashdi, yakkakurashlarda yomon o'ynashmadi. Harakat qilishdi. Lekin, afsuski futbol beshavqat. Besh daqiqa ichida ikkita gol qo'yib yubordik. Bugun "Qizilqum" jamoasi omadli bo'ldi va g'alabaga erishdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, birorta futbolchimga etiroz bildira olmayman. Mayda xatolar ikkita golga olib keldi. Ohirgi o'yinlarda standart vaziyatlardan ko'p gol qo'yib yubormoqdamiz. Bu kamchiliklarimizdan biri. Bugun ham oddiy autdan so'ng to'p o'tkazib yubordik. "Buxoro" bilan o'yinda ham shu narsa bo'lgandi. Himoyalanishni o'zgartirishimiz yani zonali himoyaga o'tishimiz kerakdir balki. 

Hisob 1:1 bo'lib turganda ham bizda vaziyat bo'ldi. Sardor Azimov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. "Qizilqum" hech qancha o'tmasdan g'alaba to'pini kiritib ketdi. 

O'yinning oxirida uch himoyachi bilan o'ynadik va katta kuch bilan hujumga o'tgandik. Tavakkal qilgandik. Afsuski, bu o'zgarishlar samara keltirmadi. Biz juda ham og'ir mag'lubiyatga uchradik. Negaki, hozir biz shunaqangi vaziyatdamiz, yoki yuqori o'rinlardan biriga chiqishimiz yoki joyimizda qolishimiz mumkin edi. Ammo bugungi yo'qotilgan uch ochko imkoniyatlarimizni pasaytirib yubordi. Yuqori o'rinlarni ko'zlasak, bunday bahslarda g'alaba qozonishimiz lozim. To'g'ri, hali oldinda o'yinlar bor. Lekin juda qimmatli ochkoni boy berdik. 

Yakuba Bamba o'yinga yomon kirishib ketmadi. O'yinni kuchaytirdi deb aytishim mumkin. Bugun mehmonda to'p surganimiz tufayli bitta hujumchi - Norbekov bilan o'yinni boshladik. Norbekov Rayevacdan ko'ra tezroq va shuning uchun uni asosiy tarkibda maydonga tushirdik",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика