So’nggi yangiliklar

23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  0 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  26 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28

Baxtiyor Ashurmatov: "So'g'diyona"ning bu yilgi tarkibi so'nggi yillardagi eng kuchlisi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "So'g'diyona"ning bu yilgi tarkibi so'nggi yillardagi eng kuchlisi"

"Andijon" - "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

"So'g'diyona" jiddiy raqib ekanini yigitlarga tushuntirib o'tgandim. Bu jamoa "Navbahor"dan ochko oldi, o'z uyida "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi va "Neftchi"ni Farg'onada mag'lub etdi. So'nggi yillarda Jizzax klubining eng kuchli tarkibi hozirgisi hisoblanadi. Davron Fayziev bu jamoa bilan ancha yaxshi ishlamoqda. O'yin qiyin kechdi. Futbolchilarim muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatishdi va g'alaba qozona oldik", - deydi Ashurmatov.

"Hozircha futbolchilar bir tekisda o'ynay olishmayapti. Buxorodagi yirik mag'lubiyatdan so'ng o'zgarishlarga qo'l urdik. Maydonga tushgan futbolchi oxirigacha kurashishi lozim. Bugungi o'yinga mana shu tarkibni maqul ko'rdim va bu o'zini oqladi".

"Hisob yirik ko'rinish olganidan keyin futbolchilar o'zlarini bosib olishmadi va oqibatda 10 kishi bo'lib qolgan raqib to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. Aslida futbolchilarimiz asabiy o'yin ko'rsatmay yirik g'alabani saqlab qolishlari kerak edi".

"O'z uyimizda o'ynaganimiz uchun Berdiev va Yovanovichni maydonga tushirdim. Zaxiradan Abdumalik Abdullaevni tushurdim. Uning tezligi tufayli shunday qarorga keldim. Unda bir qator imkoniyatlar ham paydo bo'ldi", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика