So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  13 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  154 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  11 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qon-1912"ga o'tish o'yiniga qolmasdan Superliga masalasini hal etishini tilayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qon-1912"ga o'tish o'yiniga qolmasdan Superliga masalasini hal etishini tilayman"

Pro-liganing 25-turidan o'rin olgan "Turon" - "Xorazm" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Turon" jamoasini qabul qilib olganimda oldimda murakkab vazifa borligini bilgandim. Lekin birinchi g'alaba uchun 4 ta tur kerak bo'ladi deb o'ylamagandim. Yigitlar harakat qilishayapti. Orqaga yo'l yo'q edi. Agar bugun durang o'ynaganimizda ham 2-o'rin uchun kurashdan chiqib ketardik. Vaziyatlar yaratib gol urdik. "Xorazm" jamoasi o'yin oxiriga kelib hujumlarni kuchaytirdi, bir qator vaziyatlarga ega bo'ldi. Biz qarshi hujumda ikkinchi golni urdik va o'yinning oxiri biz uchun nisbatan osonroq kechdi. Bugungi o'yin yigitlarga rahmat aytaman. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman, ular bizni har qanday vaziyatda ham qo'llab-quvvatlashmoqda. Klubimiz rahbariyatini, jamoamiz azolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

- Asosan zaxiradan maydonga tushayotgan Azizbek Ibragimov va Akmal Tursunboevlar bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlashdi va juda faollik ko'rsatishdi. Ular ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz?

- Bizda ikkita teng kuchli darvozabon bor. Akmal Tursunboev o'z imkoniyatini kutdi. Bugun u o'zini ko'rsatdi. Azizbek Ibragimov haqida aytadigan bo'lsam, bugun biz 2 ta hujumchi bilan o'ynashga qaror qildik. Bu qaror o'zini oqladi, oldingi o'yinlarga nisbatan ko'proq vaziyat yaratdik.

- Bugun 2 ta vaziyatda himoyachilar mehmonlar hujumchisini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yuborishdi. Himoya chizig'i vakillarining o'yinlariga qanday baho berasiz?

- "Xorazm" safida yaxshi ijrochilar borligini aytib o'tdim. Masalan Roki Marchiano ushbu mavsumda juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Biz himoyachilarga shunday vaziyatlarda darvozabonga yaqinroq o'ynashni aytib o'tgandik. Bugungi o'yin uchun himoyachilarga katta etirozim yo'q. Himoyachilar ishonchliroq o'yin ko'rsatishlari kerak.

- O'tish o'yinida "Qo'qon-1912" bilan duch kelish ehtimoli bor. Sizga bu jamoa bilan o'ynash qulaymi?

- Biz o'z aybimiz bilan 3-o'ringa tushib qoldik. "Qo'qon-1912"ga o'tish o'yiniga qadar qolmasdan Superligada qolish vazifasini hal etishlarini tilab qolaman. Bizga bu jamoadan ko'ra boshqa jamoa bilan o'ynash qulay bo'lardi. Ammo, bu mening hohishimga qarab amalga oshmaydi. Yigitlar bugungi kabi jangovor harakat qilishsa, har qanday jamoani ham yuta olishimizga ishonaman.

- Yosh legioner futbolchilar Siyovush Habibulloev va SHarifbek Rahmatovlarning o'yinlari haqida fikringiz?

- Siyovush Habibulloevni so'ngi o'yinlarda maydonga tushirdik, yaxshi futbolchi. Bugun uning o'rnida Sardor Abdunabievni sinab ko'rdik, yomon harakat qilmadi. SHarifbek Rahmatov iqtidorli va kelajagi bor futbolchi. Uning chizig'ida Sardor Abdunabiev, Azamjon Aliev kabi tajribali futbolchilar bor. Gapning ochig'i, milliy chempionatlarimizga jalb etilgan legioner futbolchi mahalliy futbolchilardan ikki karra ustun bo'lishi kerak. Masalan, Roki Marichanoni ko'rayapsiz, o'z iqtidorini ko'rsatayapti. Legioner futbolchi zaxirada o'tirish uchun olib kelinmaydi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика