So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  80 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbekistonning eng kuchli klublaridan birini mag'lub etdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbekistonning eng kuchli klublaridan birini mag'lub etdik"

"Navbahor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Neftchi"ga qarshi o'yindagi durang biz uchun mag'lubiyatdek tuyuldi. Muxlislarning ko'pchiligi o'sha o'yindan fojia yasashdi. Bazilari xatto telefon qilib yaxshi jamoa tuza olmading deganlar ham bo'ldi. Bugungi g'alaba tanqidchilarga munosib javob bo'ldi.

Yigitlarga rahmat aytmoqchiman, chunki "Nasaf" O'zbekistoning eng kuchli klublaridan biri. O'tgan yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan Ro'ziqul Berdiev jamoasi bir necha yildan buyon bir tarkib bilan o'ynab kelmoqda.

O'tgan o'yinga nisbatan tomoshabinlar tashrifi kamaydi. SHogirdlarimga bugungi bahsda g'olib bo'lsak muxlislar yana ko'payishini aytgandim. SHu bois ham "Nasaf"mi yoki boshqa jamoami g'alaba uchun maydonga tushgandik. Muxlislar va rahbariyat oldida yuzimiz yorug' bo'ldi.

Jamoamiz byudjeti u qadar katta emas. Ko'plab futbolchilar pulni birinchi o'ringa qo'yishmadi. Ularning ko'pchiligi o'zini ko'rsatsa terma jamoaga chaqiruv olishi ham mumkin.

Tarkibdagi barcha futbolchi men uchun birdek, shu bois mavsum davomida barchaga imkon beramiz. Azim Ahmedov birinchi bo'limni o'zida jarohat sababli almashtirildi. Alisher Mahmudov esa oxirgi ikki o'yinda maydonga tushmagandi, hozircha u 90 daqiqaga tayyor emas. Uni o'rniga tushgan Azam Aliev ham katta hajmdagi ishni amalga oshirdi.  

Mirjalol Qosimovning o'rniga "Bunyodkor"ga o'tishim haqida men ham eshitdim. Agar "qaldirg'ochlar" murabbiylar shtabida bo'lganimda bunga ishonsak bo'lardi. Biroq men "Navbahor" bilan shartnoma tuzdim va bor etiborim shu klub bilan bog'liq.

Xurshid Xo'jaev keyingi turda o'ynashi aniq. U va Doniyor Usmonov ham teng kuchli darvozabonlar. Ikkalasiga mavsum oldidan imkoniyat berishimni aytgandim. O'tgan turdagi kutilmagan gol Usmonovning bugun tushmaganiga sabab emas.

Hali ko'p o'yinlar oldinda, ishonamanki hujumchilarimiz ham gol urishni boshlashadi. SHaxboz Erkinov jarohat tufayli o'ynay olmadi, uni o'rniga Abdumalik Abdullaevni maydonga tushirdim. Abdumalik gol urmagan bo'lsa ham katta hajmdagi ishni bajardi, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика